Get Mystery Box with random crypto!

#Mulohaza ONA MUHABBATI YOKI BARCHANI YIGʻLATGAN SMS Yaponi | 💛Sherlar💛 ®asmiy kanal💗

#Mulohaza

ONA MUHABBATI YOKI BARCHANI YIGʻLATGAN SMS


Yaponiyadagi zilziladan so‘ng qutqaruvchilar yosh ayolga tegishli bo‘lgan uy xarobalariga kelishdi va xonadon sohibasini devor yoriqlari orqali ko‘rishdi. U ibodat qilayotgandek engashib, qo‘llari esa nimanidir ushlab turgandek edi go‘yo! Qulab tushgan uy uning boshi va yelkasiga ziyon yetkazgan edi. Qutqaruvchilar guruhining sardori ayol tirik ekanligiga umid qilgandi. Ammo uning sovuq tanasi buning aksidan dalolat berib turardi. Ko‘rinmas bir kuch guruh sardorini halok bo‘lgan ayolning uyiga chorladi. Yana bir marotaba, u ayol yotgan joyni ko‘rib chiqish uchun boshqa bir tirqishdan ichkariga bo‘yladi va kutilmaganda hayajon bilan «Bu yerda go‘dak bor, go‘dak!» deb baqira boshladi. Butun guruh uy atrofidagi buyumlarni sinchiklab yig‘ishtirishga tushishdi. Ayol tiz cho‘kib, muk tushgancha yotar edi. Vo, ajab! Uning ostida adyolda o‘ralgan 3 oylik chaqaloq yotardi! Uy qulayotganda ona bolasini o‘z tanasi bilan to‘sib turgan. Aftidan, u bolasi uchun o‘zini qurbon qilgan edi. Qutqaruvchi guruh sardori mittigina go‘dakni qo‘lga olganida, u hali pishillab uxlab yotardi. Adyolni ochganida esa, qutqaruvchining ko‘zi uyali telefonga tushdi. Ekranda matnli «SMS » bor edi: «Agar tirik qolsang, seni yaxshi ko‘rishimni hamisha yodingda tut». Bu uyali telefon qo‘lma-qo‘l bo‘lib ketdi. Undagi xabarni o‘qigan odamlarning ko‘zlari namlandi. «Agar tirik qolsang, seni yaxshi ko‘rishimni hamisha yodingda tut». Ona muhabbati shunday bo‘lar ekan!


Ma'nolarning tuganmas jilosi