Get Mystery Box with random crypto!

Olis yoʻldan sani dilbar, koʻrgani keldim, atay, Zabun xolim i | Sevgi haqida sherlar

Olis yoʻldan sani dilbar, koʻrgani keldim, atay,
Zabun xolim ila xoling soʻrgani keldim, atay.

Chimrilar man tomon har dam ikki qoshing oʻrogʻi,
Shu oʻrogʻ-la ishq hosilim oʻrgani keldim, atay.

Kun boʻyi baxt porlabon toliqqanida tun boʻyi,
Kiprigingda baxt uyqusin qoʻrgani keldim, atay.

Nozu karashmang yarashgay ozori manga maʼqul,
Sabrning kosasi yangligʻ toʻlgani keldim, atay.

Oshiqlaring koʻpligidan olmagayman xavotir,
San uchun bir umrlik yor boʻlgani keldim, atay.

Sanga yetmoq uchun jonon, tugʻildim Botir boʻlib,
Oʻldirsa ishq botir boʻlib oʻlgani keldim, atay.