Get Mystery Box with random crypto!

OTASH YURAGIMDA YONGAN MAYOQSAN. Sensiz soniyam ham asrga oʻx | Sevgi haqida sherlar

OTASH YURAGIMDA YONGAN MAYOQSAN.

Sensiz soniyam ham asrga oʻxshar,
Koʻz oldimdan doim oʻtib turasan,
Asrlar ham sensiz qandayin kechar,
Otash yuragimda, yongan mayoqsan.

Ash’orlar bitaman, yolgʻiz sen uchun,
Qalamim ismingni yozishga chorlar,
Senla uchrashmoqlik, nasib qilgan kun,
Asr ham,vaqt ham shu onda toʻxtar.

Qara, koʻz oldingda boʻlsam nomoyon,
Mehringni taftida yonsa, bu yurak,
Chorlasang borsam-u, kulib sen tomon,
Shu onlar azizim, baxt boʻlsa kerak.

Bilsang, orzularim sarxadi cheksiz,
Mitti yuragimning dardi oʻzingsan,
Xayollar ogʻushida suzadi tengsiz,
Yozgan baytlarimni egasidirsan.

Lutf ayla, orzular armon boʻlmasin,
Ishqing sururidan quchay samoni,
Bogʻlarimga bevaqt, xazon kelmasin,
Sening koʻzlaringda, koʻray dunyoni.