Get Mystery Box with random crypto!

​ Hozirgi smartfonlar haqida Yaqin 4-5yildan beri smartfonlar | ️Secretius

Hozirgi smartfonlar haqida

Yaqin 4-5yildan beri smartfonlar turqida "wow" deydigan oʻzgarish kuzatilmayapti. Har doim hayron qoldiradigan LG ( 1, 2) esa bozordan chiqib ketdi.

Nima boʻlyapti oʻzi?
Kameralar soni oshib boryapti, megapiksellar hajmi koʻpayib ketyapti(200Mp). Lekin ulardagi kameralar, mikrofon, tugmalar, karnaylar joylashuvi deyarli bir xil. Kamera yon tomonda bitta modulga biriktirilgan, ekranda tomchisimon yoki ekran osti selfi kamera, mashhur brend karnaylar(JLB, Dolby Atmos), yon tomonda ovoz-+ va power. Power tugmada barmoq izi, 4mingdan 7ming mA/soatlik batareya.

Nafisroq, oʻzgacharoq koʻrinish va xarakteristikada chiqarish mumkin-ku, yo bular ham bir-biridan oʻgʻirlab chiqarishyaptimi

Mana men hohlaydigan smartfonning qisqa xarakteristikasi: Yonlari qirrasiz, kameralari uzunasiga joylashgan, stereo karnay, ikkita mikrofon. Orqasida quyosh paneli, panel ustida kinetikadan(harakatdan) quvvat oluvchi qobiq. Ekrani 6.5dyum, Amoled. Batareyasi 6-7ming mA/s.

Siz smartfonda nima boʻlishini hohlar edingiz?

#smartfon

@Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.