Get Mystery Box with random crypto!

​ Internet tezligini qanday tekshirish mumkin Provayderlar v | ️Secretius

Internet tezligini qanday tekshirish mumkin

Provayderlar vada beradigan tezlik har doim ham toʻgʻri boʻlavermaydi yoki ularni oʻzimiz notoʻgʻri tushunamiz. Aniq tezlikni esa har doim ham aniqlash qiyin.

Bit/bayt
Mbayt/s va Mbit/s o'rtasidagi farqni aniq bilish kerak - 1 megabaytda 8 megabit mavjud. Mbit/s "miya yuvish" uchun ishlatiladi, yaʼni bizga 8martaga "ishirilgan" tezlik koʻrsatiladi.
Mana bu yerda bu haqda batafsil yozilgan

Agar Internetga ulanish tezligi 100 Mbit/s bo'lsa, maksimal qiymat faqat 12,5 MBayt/s bo'ladi.

Yuklab olish/joʻnatish tezligi, ping
Yuklab olish va joʻnatish nimaligini hamma biladi. Biror faylni yuklab olish yoki uni joʻnatish vaqtidagi tezlik.
Ping - bu signalning serverga yetib borishi va orqaga qaytish vaqti. Bu qanchalik past bo'lsa, server sizning harakatlaringizga tezroq javob beradi.

Oʻlchov aniqligi
Aniqlik bizning servergacha boʻlgan masofamiz, signal darajamiz, internetdan foydalanayotgan ochiq ilova va VPN yoniq yoki oʻchiqligiga bogʻliq.

Internet tezligini oʻlchash uchun xizmatlar:

1. Fast
2. Yandex.Internetometr
3. Speedcheck
4. Speedtest

#sayt #maʼlumot

@Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.