Get Mystery Box with random crypto!

Gʻoyibona akam Muhammad Aliga Assalom alaykum hozirda juda ko | Sayidov's lesson

Gʻoyibona akam Muhammad Aliga

Assalom alaykum hozirda juda koʻp ta'na va toshlar ichida qolayotgan Muhammad Ali aka Eshonqulov!

Oʻzbek YouTube, Facebook, Telegram segmentlarida boʻlayotgan muhokamali vaziyatlardan xabarim bor va ularga hech qanday munosabat bildirishni xohlamayman, chunki ilmim juda oz.

Men shunchaki sizga katta rahmat aytmoqchiman. Menga birinchi boʻlib inson hayotida dunyoviy ilmning ham ahamiyati katta ekanligini, dunyoga shunchaki katta uy qurib, qimmat mashina olib choʻchqadek yashash uchun emas, ummatga tariqdek boʻlsa ham foyda keltirish uchun kelganimizni, ota-onamizni hali koʻp xizmatlarini qilishimiz kerakligini va yana juda koʻp masalalarni aytganingiz uchun!

Bilmadim, sizning nimangiz ularga yoqmadi?! Lekin shuni bilamanki, siz koʻplab ijtimoiy tarmoqda umrini sassib oʻtkazayotgan yoshlar uchun goʻzal oʻrnak boʻldingiz!

Agar siz bilan koʻrishib qolsam, qattiq quchib rahmat aytib qoʻygim bor. Inshaalloh men siz uchun Qiyomatda Mahshar maydonida foydangiz uchun guvohlik beraman! Alloh oʻzi rozi boʻlsin sizdan.

Gʻoyibona ukangiz, Muhammadqodir Sayidov

@mq_mulohaza