Get Mystery Box with random crypto!

Sarhad.uz

Telegram kanalining logotibi sarhad_uz — Sarhad.uz S
Telegram kanalining logotibi sarhad_uz — Sarhad.uz
Kanal manzili: @sarhad_uz
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 11.82K
Kanalning ta’rifi

ДХХ Чегара қўшинлари расмий канали
https://armiya.uz/

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 4

2022-07-11 14:08:09
DXX Chegara qo‘shinlariga qarashli Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida joylashgan harbiy qismlarning birida “Yo‘l harakati xavfsizlik kafolati” va “Jinoyatchilikning oldini olish” mavzularida profilaktik mashg‘ulot tashkil etildi. Unda Qarshi harbiy sudi raisi D. Qayumov va shahar harbiy prokuraturasi adliya kapitani R.Sobirovlar ishtirok etdi.

Ushbu tadbir aynan harbiy xizmatchilar tomonidan sodir etilishi mumkin bo‘lgan huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish hamda harbiy xizmatchilar orasida xizmat intizomini mustahkamlashga erishish maqsadida tashkil etilib, unda so‘z olganlar yo‘l transport hodisalari bilan bog‘liq huquqbuzarlik va jinoyatlar, jamiyatda uchrashi mumkin bo‘lgan turli salbiy illatlar: giyohvandlik va tavakkalchilikka asoslangan totalizator o‘yinlariga berilishning ayanchli oqibatlari xususida to‘xtalib etishdi. Shuningdek, bu borada amaldagi qonunchilik me’yoriy talablari ham tushuntirildi. Tadbir yakunida qatnashchilarga mavzu yuzasidan maxsus videoroliklar namoyish etildi.
3.9K views11:08
Ochish/sharhlash
2022-07-11 14:06:52
Bolalar yozgi ta’tilni mazmunli o‘tkazishida va maroqli hordiq olishida sog‘lomlashtirish oromgohlarining o‘rni katta. Oromgohlarda miriqib dam olayotgan bolajonlarga yanada xush kayfiyat ulashish maqsadida DXX Chegara qo‘shinlari Ashula va raqs ansambli xonandalari turli konsert dasturlarini o‘tkazib kelishmoqda.

Jumladan, kuni kecha Toshkent viloyatida joylashgan “Botanika” bolalar oromgohida xuddi shunday konsert dasturlaridan biri tashkil etildi. Ansambl xonandalari tomonidan ijro etilgan turli mavzulardagi kuy va qo‘shiqlar bolajonlarga juda manzur bo‘ldi.

t.me/sarhad_uz
3.6K views11:06
Ochish/sharhlash
2022-07-08 08:44:03
“Фарғона” телеканали: Фахрийлар билан учрашув

t.me/sarhad_uz
6.2K views05:44
Ochish/sharhlash
2022-07-08 08:41:05
“Андижон” телеканали: Йигитлик бурчини ўтаётган ўғлонлар учун музейга саёҳат ташкиллаштирилди

t.me/sarhad_uz
5.2K views05:41
Ochish/sharhlash
2022-07-08 08:33:18
DXX Chegara qo‘shinlari rahbariyati tashabbusi bilan Surxondaryo viloyatidagi harbiy qismlarning birida harbiy xizmatchilar farzandlarining maktab va maktabgacha ta’lim muassasalarida ta’lim va tarbiya olishlari, bo‘sh vaqtlaridan unumli foydalangan holda turli to‘garaklarga qatnashishlariga ko‘maklashish maqsadida ular uchun barcha qulayliklarga ega mikroavtobus foydalanishga topshirildi.

Xuddi shunday tadbir Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi harbiy qismlarning birida ham o‘tkazildi.

- Bu kabi sharoitlarning yaratilishi yosh avlodning bilim olib, kelajakda komil inson bo‘lib voyaga yetishida muhim ahamiyat kasb etadi, - deydi leytenant Odilbek Mamatov. - Shu bois eng yaxshi sarmoya bu - ta’limga yo‘naltirilgan sarmoya ekanligini anglagan holda ertamiz egalari uchun mamlakatimizda barcha imkoniyatlar yaratib berilmoqda.
4.9K views05:33
Ochish/sharhlash
2022-07-08 08:27:12
Har bir ota-ona farzandlarini kelajakda Oliy o‘quv yurtlarida tahsil olib, oilasi va eliga nafi tegadigan komil inson bo‘lib yetishishini niyat qiladi. Sir emas, yoshlarning Oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirishida imtiyoz beruvchi tavsiyanomalarning o‘rni katta. Surxondaryo viloyatida joylashgan harbiy qismlardan birida bir qator harbiy xizmatchilarning farzandlariga DXX Chegara qo‘shinlari qo‘mondonligi nomidan Oliy o‘quv yurtlariga imtiyoz beruvchi tavsiyanomalar tantanali ravishda topshirildi.

Xuddi shunday tadbir Sirdaryo viloyatidagi harbiy qismlarning birida ham o‘tkazildi. Unda ishtirok etgan yoshlar Davlatimiz tomonidan yoshlarga yaratib berilayotgan shart-sharoit va imkoniyatlardan juda mamnun ekanliklarini ma’lum qilishdi. Tadbir davomida “Eng yaxshi iz qidiruv xizmat itlari kinologi” musobaqasida faxrli 1-o‘rinni egallagan kichik serjant A.Tog‘ayevga I darajali diplom, ko‘krak nishoni, medal va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

t.me/sarhad_uz
3.4K views05:27
Ochish/sharhlash
2022-07-08 08:24:26
Ertaklarning bolalar so‘z rang-barangligi, muomala madaniyati, fikrlash doirasi, insonlar bilan munosabat o‘rnatish imkonini oshirishda ahamaiyati beqiyos. O‘zbek ertaklari asrlar davomida to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoshlar tarbiyasiga ta’sir etish vositasi bo‘lib xizmat qilgan va xizmat qilib kelmoqda. Ular bolalar nutqini o‘stirishga, zehnini tarbiyalashga, ularning aqliy, axloqiy, jismoniy tarbiyasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

DXX Chegara qo‘shinlariga qarashli Xorazm viloyati Urganch shahrida joylashgan harbiy qismlarning birida xizmat faoliyatini olib borayotgan harbiy xizmatchilarning farzandlari uchun Ogahiy nomidagi musiqali drama teatrida “Oppoqoy” nomli spektakl taqdim etildi. Ezgulikning yovuzlik ustidan buyuk tantanasiga bag‘ishlangan ushbu tomosha bolajonlarga juda manzur bo‘ldi.

t.me/sarhad_uz
3.1K views05:24
Ochish/sharhlash