Get Mystery Box with random crypto!

Sarhad.uz

Telegram kanalining logotibi sarhad_uz — Sarhad.uz S
Telegram kanalining logotibi sarhad_uz — Sarhad.uz
Kanal manzili: @sarhad_uz
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 11.82K
Kanalning ta’rifi

ДХХ Чегара қўшинлари расмий канали
https://armiya.uz/

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 3

2022-08-30 05:20:06 https://uza.uz/uz/posts/ozbekiston-respublikasi-davlat-mustaqilligining-ottiz-bir-yilligi-munosabati-bilan-harbiy-xizmatchilar-va-huquqni-muhofaza-qilish-organlari-xodimlaridan-bir-guruhini-mukofotlash-togrisida_403132
3.3K views02:20
Ochish/sharhlash
2022-08-29 16:55:56
Surxondaryo viloyatidagi harbiy qismlardan birida harbiy xizmatchilarning farzandlarini harbiy kasbga yo‘naltirish, ularning ongu tafakkuriga Vatan himoyasi sharafli va muqaddas burch ekanligi, milliy armiyamiz bilan faxrlanish, davlat xavfsizligini himoya qilish uchun mas’uliyat tuyg‘ularini chuqur singdirish maqsadida “Osoyishta yurt farzandlari” shiori ostida tanlov o‘tkazildi. Unda jajji bolajonlar tasviriy san’at bo‘yicha o‘z qobilyatlarini namoyon etishdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, kichik serjant Bekmuhammad Xurramovning farzandi Jasmina Zoirova 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Xuddi shunday tadbir Andijon tumani Paxtaobod tumanida ham o‘tkazildi. Bolajonlar g‘oliblik uchun astoydil bellashdilar. G‘olib va sovrindorlar kitoblar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

t.me/sarhad_uz
3.8K views13:55
Ochish/sharhlash
2022-08-29 16:52:40
DXX Chegara qo‘shinlari, DXX Qashqadaryo viloyati boshqarmasi, O‘zbekiston yoshlar agentligi va Mirishkor tuman hokimligi bilan hamkorlikda tashkillashtirilgan “Ko‘pkurash” harbiy-vatanparvarlik musobaqasining tuman bosqichi ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.

Bayramning badiiy qismida O‘zbek milliy akademik drama teat¬ri aktrisasi, O‘zbekis¬tonda xizmat ko‘rsatgan artist Saida Rametova badiiy chiqishlarini tomoshabinlar e’tiboriga havola qilgan bo‘lsa, xonandalar Yodgor Mirzajonov va aktyor Aziz Rametovlar yangi qo‘shiqlari bilan davraga o‘zgacha shukuh bag‘ishlashdi.

Musobaqada chegaraoldi hududida istiqomat qiluvchi yoshlar shartlarga puxta tayyorgarlik ko‘rganini namoyon etib, o‘zaro bellashdilar. Yakuniy natijalarga ko‘ra, “Oqmasjid” mahallasining “Yoshlik” jamoasi 1-o‘rinni egallab, viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
- Bu kabi musobaqalar natijasida olis-olis mahallalardagi yoshlarning harbiy xizmatga bo‘lgan qiziqishlari ortmoqda, - deydi podpolkovnik Aybek Dauletmuratov.
3.1K views13:52
Ochish/sharhlash
2022-08-29 16:50:25
Ma’lumki, yo‘l transport qoidalariga amal qilmaslik juda ayanchli holatlarni keltirib chiqaradi. Shu sababli bu boradagi profilaktik ishlar muntazam olib boriladi.

Toshkent viloyatidagi harbiy qismlarning birida ana shunday profilaktik tadbir o‘tkazildi. Unda Bekobod shahar IIB YHXB ma’muriy amaliyot guruhi katta inspektori katta serjant M. Botirbekov qatnashib, yig‘ilish ishtirokchilariga joriy yilning o‘tgan davri mobaynida fuqarolar va harbiy xizmatchilar tomonidan sodir etilgan qoidabuzarliklar hamda ularga nisbatan ko‘rilgan choralar to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Shundan so‘ng sodir etilgan qoidabuzarliklar va yo‘l transport hodisalarining kelib chiqish sabablari keng muhokama qilindi hamda kelgusida shu kabi holatlarning sodir etilishining oldini olishga qaratilgan choralar xususida to‘xtalib o‘tildi.

t.me/sarhad_uz
3.4K views13:50
Ochish/sharhlash
2022-08-28 19:19:14
#Infografika #ArMI2022

Infografika: O‘zbekiston harbiy jamoalarining "ArMI–2022" VIII Xalqaro armiya o‘yinlaridagi ishtiroki.

37 ta davlatning 257 ta jamoasi ishtirok etgan VIII Xalqaro armiya o‘yinlari yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi umumjamoa hisobida 2-o‘rinni egallab, 7 ta oltin, 10 ta kumush va 5 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi. Shuningdek, 22 ta shaxsiy va jamoaviy rekord natijalarni qayd etdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston "ArMI–2021" musobaqalarida ham 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan edi.

Yangiliklarni kuzatib boring:

Telegram| Facebook | Youtube |Instagram
4.0K views16:19
Ochish/sharhlash
2022-08-28 05:28:08 https://daryo.uz/k/2022/08/27/foto-futbol-va-mini-futbol-boyicha-dxx-kubogining-golib-hamda-sovrindorlari-aniqlandi/
4.1K views02:28
Ochish/sharhlash
2022-08-27 12:32:03
Футбол бўйича ДХХ кубогининг финал ўйини бугун соат 18:30 да “ЖАР” стадионида бўлиб ўтади.

Кеча пойтахтимиздаги “Бунёдкор” футбол клуби ўқув-машғулоти майдонларида мини-футбол бўйича ДХХ кубоги учун финал ўйини бўлиб ўтди. Мусобақада 14 та жамоа 4 та гуруҳга бўлинган ҳолда ғолиблик учун баҳс олиб борди. Финалда “Пахта” (Тошкент ш.) ҳамда “Кўл” (Андижон в.) жамоалари учрашди. Қизғин ва муросасиз ўтган учрашувда андижонликларнинг қўли баланд келди: “Пахта”-“Кўл” 1:2.

Футбол бўйича ўтказилаётган ДХХ кубогининг финал ўйини эса бугун соат 18:30 да “ЖАР” спорт-соғломлаштириш мажмуида бўлиб ўтади. Учрашувдан сўнг, мини-футбол ҳамда футбол беллашувларида ғолиб ва совриндор бўлган жамоалар тақдирланади.

Uza.uz
4.7K viewsedited  09:32
Ochish/sharhlash
2022-08-27 12:08:15
Faxriylar vatanparvarlikni targ‘ib qildilar

Batafsil:
https://vatanparvar.uz/allnews/145

|Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
3.9K views09:08
Ochish/sharhlash
2022-08-27 11:59:08
Respublika Ma’naviyat va ma'rifat markazi Marhamat tuman bo‘linmasi, Mahalla xayriya jamoat fondi hamda tuman Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda “Kelajak nuri” axborot-kutubxona markazida Mustaqilligimizning 31 yilligi munosabati bilan “Kitob ilm va hikmat manbai” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir va intellektual o‘yin tashkil etildi. Tadbirda so‘z olganlar barchani eng ulug‘ va eng aziz bayram bilan qutladilar.

Shuningdek, tadbir doirasida DXX Chegara qo‘shinlarida yigitlik burchini o‘tayotgan askarlar hamda faxriylar ishtirokida “Mustaqilligimiz - kelajagimiz va baxtimiz timsoli” shiori ostida davra suhbati tashkil etildi.

t.me/sarhad_uz
3.8K views08:59
Ochish/sharhlash
2022-07-11 14:15:13
"Тошкент" телеканали: Чегарачиларга бағишланган “Ватан остонаси” бадиий фильмининг навбатдаги премьераси бўлиб ўтди

t.me/sarhad_uz
3.8K views11:15
Ochish/sharhlash