Get Mystery Box with random crypto!

TARIXLAR SARASI

Telegram kanalining logotibi sara_tarix — TARIXLAR SARASI T
Telegram kanalining logotibi sara_tarix — TARIXLAR SARASI
Kanal manzili: @sara_tarix
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 14.98K
Kanalning ta’rifi

🌐 Tarixiy maʼlumotlar
📸 Noyob fotosuratlar
📽️ Kamyob tarixiy videolar
✏️ Oʻzbekiston va jahon tarixiga oid eng sara faktlar
❗Post koʻchirilsa, manba (@sara_tarix) koʻrsatilsin!
Реклама: @qitmirda_reklama
Loyihamiz: @qitmir_hazil

Ratings & Reviews

4.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 13

2022-11-04 05:27:20
Assalomu aleykum, azizlar! Juma ayyomingiz muborak bo‘lsin!

Ilohim, juma ayyomining butun xayr va saxovati sizga bo‘lsin!

@SARA_TARIX
3.9K views02:27
Ochish/sharhlash
2022-11-03 08:14:33
16 yoshgacha boʻlgan ayollar oʻrtasida basketbol boʻyicha AQSH termasi aʼzolari (chapda) va ularning Salvadorlik tengdoshlari. Ushbu match 114:19 hisobida yakunlangan.

@SARA_TARIX
1.7K views05:14
Ochish/sharhlash
2022-11-02 19:06:04
Optika doʻkonini koʻzoynaklarda reklama qilayotgan mushuklar. Parij, 1925-yil.

@SARA_TARIX
982 views16:06
Ochish/sharhlash
2022-11-02 14:55:20
Bodi qabilasi ayollari fikricha, bu erkak qabiladagi eng chiroyli erkak ekan.

Efiopiya, 2013-yil.

@SARA_TARIX
2.0K views11:55
Ochish/sharhlash
2022-11-02 05:21:19
Avtobuslardagi avtomatik uzatuv qutisi, 1974-yil.

@SARA_TARIX
2.1K views02:21
Ochish/sharhlash
2022-11-01 08:07:53
ONA

- Ayol, isming nima?
- Bilmayman.

- Yoshing nechchida? Qayerliksan?
- Bilmayman.

- Nega u chohni qaziyotganding?
- Bilmayman.

- Qachondan beri yashirinasan?      - Bilmayman.

- Nega barmog‘imni tishlading?
-Bilmayman.

- Mendan senga zarar yetmasligini bilmaysanmi?
-Bilmayman.

- Kim tarafdasan?
- Bilmayman.

- Bu bir urushdir, ey, ayol. Bir tarafni tanlashing kerak.
- Bilmayman.

- Qishlog‘ing hali ham bormi?
- Bilmayman.

Bu bolalar senikimi?
- Ha!

Oh, qarang-a, bir ayol ismini, o‘zini unutsa ham onaligini unutmaydi...
         
Surat: Vyetnam va AQSH urushidan

@SARA_TARIX
1.5K viewsedited  05:07
Ochish/sharhlash
2022-11-01 07:48:47
ДАҲШАТ ЛАТИФА

Бир киши йўлда бир болачани кўриб, отини сўрабди. Бола энди айтаман деса:

- Тўхта, ўзим топаман! Бош ҳарфини айт, етади-, деса, бола:
- «Й»-, дебди.
Киши санашни бошлабди:
- Йўлдош, Ясин, Йигитали, Яхшибой, Ёдгор..
Бола йўқ дегандек бошини қимирлатиб тураверибди.
Кишининг асаби бузула бошлабди. Энди қизларни номини санай бошлабди:
- Ясимин, Юлдуз, Ёрқиной....
Бола яна бошини қимирлатиб тураверибди.

Асабийлашган киши:
- Отинг нима ўзи?!-, дея зарда қилиб сўраса, бола:
1.5K views04:48
Ochish/sharhlash
2022-11-01 06:43:48
1952-yilda Xelsinkida Jozi Bartel 1500 metrga yugurishda birinchi o'rinni egallab, Olimpiya rekordini o'rnatadi. Sportchining muvaffaqiyati tashkilotchilar uchun mutlaqo kutilmagan voqea bo'ldi. G‘oliblarni taqdirlash vaqti kelganida, Lyuksemburg madhiyasining matni yo‘qligi, orkestr esa improvizatsiya (tayyorgarliksiz, yaʼni ijro paytida toʻqilgan musiqiy asar) qilayotgani ma’lum bo‘ldi.

@SARA_TARIX
1.6K viewsedited  03:43
Ochish/sharhlash
2022-10-31 17:10:04
Bo‘g‘izlab o‘ldirilgan xon

Isfandiyorxon hovuz yonida dastlab Junaidxonning o‘g‘li Eshshi, hamrohi Onnagaldi bilan ko‘rishib, hol-ahvol so‘rashgach, uchinchi mehmon—Vakil og‘aga qo‘l uzatdi. Vakil og‘a esa negadir xon bilan chap qo‘lida salomlashdi. “Nima , o‘ng qo‘ling og‘riyaptimi?” deb Isfandiyorxon unga qarashi bilan Vakil og‘a to‘nining o‘ng yengidan pichoq chiqardiyu, Xiva xonini bo‘g‘izlab tashladi. Hovuz ichidagi suvga qip-qizil qon yoyildi… 1-oktabr 1918-yil

Manba: kh-davron.uz sayti

@SARA_TARIX
1.3K views14:10
Ochish/sharhlash
2022-10-31 06:12:51
"Katta Bill" laqabli Uilyam Tompson (1869-1944) Chikago meri etib uch marta qayta saylangan. U mafiyaning himoyachisi edi va u Al Kaponening shaxsan o'zi bilan do'stlashgan. "Quruq qonun" talablarining balandligiga qaramay, u doimo oʻlarday mast yurgan.

Navbatdagi qayta saylanganini nishonlagan mer o'z kemasida juda koʻp spirtli ichimlik ichadi. Natijada kema ag‘darilib ketgan va guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, siyosatchi shunda ham viski shishasini qoʻlidan qo‘yib yubormay qirg‘oqqa sudralib chiqqan.

Uning boshqaruvi davrida shaharda korrupsiya va jinoyatchilik avjiga chiqadi. Ko'chalarda "Tommy Guns" ning pulemyot ovozlari doimo eshitilib turgan. Butun siyosiy tuzilma gangster klanlari nazoratiga o'tadi va sudlar butunlay korrupsiyaga uchragan.

Tompson o‘limidan so‘ng uning seyfidan 1,5 million dollar naqd pul topiladi (bugungi kunda bu 34 million dollardan oshadi).

@SARA_TARIX
2.0K viewsedited  03:12
Ochish/sharhlash