Get Mystery Box with random crypto!

📜 Saodat asri sari 📜

Telegram kanalining logotibi saodat_asri_sarii — 📜 Saodat asri sari 📜 S
Telegram kanalining logotibi saodat_asri_sarii — 📜 Saodat asri sari 📜
Kanal manzili: @saodat_asri_sarii
Toifalar: Telegram
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 76
Kanalning ta’rifi

Allohim!
Qalblarimizni ulfat qil. Bizni yaqiyn maqomiga ko'tar. Ixlos bilan bizni pokla. Sadoqatda sobit qil. Muhabbating bilan go'zallashtir ...

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-12-11 08:10:39 Istig’forlardan biri

Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Biz Rasululloh sallallohu alayhi vasallamni bitta o’tirishda yuz marta “Robbig’firliy vatub ’alayya, innaka antat tavvabur rohiym”, deb aytganlarini sanadik”.
Ibn Moja rivoyati.
Ma’nosi: Ey Robbim! Meni gunohlarimni kechir, tavba-tazarrularimni qabul et! Shubhasiz, Sen tavbalarni Qabul qilguvchi, Rahmlisan!

@all_qomarun
@saodat_asri_sarii
110 views05:10
Ochish/sharhlash
2022-12-08 10:09:28
Baqara surasi, 282-oyat
Qur'oni Karimdagi eng uzun oyat matni va tafsiri

@saodat_asri_sarii
131 views07:09
Ochish/sharhlash
2022-12-06 19:30:40 Qiyomat kuni sizni eng ko'p mazlum qiladigan holat: qattiq sevishingizga qaramay, ota-onangiz, hatto bolangizga bitta yaxshiligingizni berolmaysiz...
Buning qarshisida esa yomon ko'rib, g'iybat qilgan odamingizga ana shu yaxshiliklarni majburan berib yuborasiz... (Nauzubillah)

Abu Umar Odilqul Buhoriy

@saodat_asri_sarii
129 viewsedited  16:30
Ochish/sharhlash
2022-12-06 19:27:05 G'iybat qilish adovat (dushmanlik) ning otasi ham, o'g'li hamdir. Ya'ni gohida adovatdan g'iybat tug'iladi, gohida esa g'iybatdan adovat tug'iladi. Nasabi shu qadar buzuq bo'lgan ishning o'zi ham o'ta yomon narsa ekanligiga mana shuning o'zi kifoya. Yana bir gap. Biror kishini aybllash paytida bo'lgan odam dinni butkul o'ylamaydi, aziyat berishdan ham, yolg'on gapirishdan ham, firibgarlik qilishdan ham tap tortmaydi. Bunday odam o'zining oxiri qanday bo'lishidan qat'iy nazar, maqsadi dushmaniga zarar berish bo'lib qoladi, holos.

Ashraf Aliy Taxonaviy
Yorqinjon domla Obidjon o'g'li

@saodat_asri_sarii
111 views16:27
Ochish/sharhlash
2022-12-06 19:20:26 Ya Alloh, qiyomatda men bilan muomalada faqat shu hadisni hujjat qilgin!
Ibn Umar (r.a) rivoyat qiladilar: " Rosululloh (s.a.v) ning shunday deganlarini eshitdim: " Mo'min odam qiyomat kuni Robbisiga yaqinlashadi. Shunda U uning pardasini ochadi va u gunohlariga iqror qildiriladi: " Bu gunohni tanidingmi, mana bu gunohniyam tanidingmi?"-deydi. Banda:" Xa, Robbim, tanidim", deya javob qiladi. Shunda U: "Seng ularni satr qilgandim, endi bugun ularni kechiraman", deydi va yaxshiliklari sahifasini beradi".
Allohumma amiiyn

Muttafaqun alayh

@saodat_asri_sarii
91 views16:20
Ochish/sharhlash
2022-12-06 19:06:28 Aytdilarki:" Qur'oni karimda "'Qilmaydigan ishingizni nima uchun gapirasiz?" degan oyat bor. Buning zohiridan ba'zi kishilar ''Inson o'zi qilolmaydigan yaxshi ishga boshqalarni da'vat qilishi mumkin emas'', deb tushunadilar. Xolbuki, oyatni bunday tushunish noto'g'ri. Oyatda gao da'vat haqida emas, balki da'vo haqida ketgan. Shunda oyatning ma'nosini ''Nima uchun qilolmaydigan ishingizni qila olaman deb aytasiz yoki nima uchun o'zingizda mavjud bo'lmagan narsani ''Menda shu narsa bor yoki men shu sifatga egaman'', deb aytasiz?" deb tushunish lozim bo'ladi. Xullasi kalom, bu oyat siz-u bizni uddalay olmaydigan ishimizni "Uddalayman",deb da'vo qilishimizdan qaytargan". Yana aytdilarki, "Kishi o'zi qilolmaydigan ishni yoki o'zida bo'lmagan sifatni so'zi bila da'vo qilishi mumkin bo'lmaganidek, uning surati, siyrati, yurish-turishidan ham bunday da'vo sezilmasligi kerak.

"Tajolisi Hakiymul umma''
Tarjimon Yorqinjon domla Obidjon o'g'li

@saodat_asri_sarii
84 views16:06
Ochish/sharhlash
2022-12-04 15:50:38 Hasan al Basriy rohimahulloh quyidagi nasihatni tez-tez takrorlardilar:

“Yoshlar! Yo‘lingizni oxirat tomon buring, ko‘p oxirat talabida bo‘ling. Biz oxirat talab qilgan xolda, oxirat bilan birga dunyoni ham qo‘lga kiritganlarni ko‘p ko‘rdik. Ammo, dunyo talabida bo‘lganni, dunyo bilan birga oxiratni qo‘lga kiritganini hech ko‘rmadik.”

Kitabuz-Zuhd Bayhaqiy, 157

@saodat_asri_sarii
87 viewsedited  12:50
Ochish/sharhlash
2022-12-04 09:07:52 Hammaning Allohga o'z nolasi bor.
Og'ir g'amlar tashib yuradigan yuraklar bor, atrofga miq etmasdan.
Yomon gumon yoki badduo qilishni nafs vasvasa qilganda shuni esla.
Balki sen orqasidan g'iybatini qilib, yomon gumon qilayotgan inson har kecha Allohga tavba qilar ?
Balki uning qalbi Alloh qarshisida hokisordir ?
Uning ham Allohga aytadiganlari bordir..
Alloh uni jannatiylardan deb yozgan bo'lsachi ?

O'zing uchun Allohga naqadar yaxshi gumonda bo'lsang, boshqalar uchun ham shunday gumon qil. Alloh seni isloh qilishiga, gunohlaringni kechirishiga ishonching qancha bo'lsa, boshqa musulmonlar va umuman insonlar uchun ham Alloh haqida go'zal gumonda bo'l.

Sening xatolaringni to'g'irlaydigan Alloh boshqalarning ham ayblarini yuvishga qodir, iltimos, boshqa insonlardan o'zingni ustun sanama.

#ozimgavaasizgaeslatma
@saodat_asri_sarii
94 viewss, edited  06:07
Ochish/sharhlash
2022-12-02 07:14:22 Juma namozlariga Rosuli Akram (s.a.v) katta ahamiyat berardilar. Bir kuni yana bu mavzuda to'xtalib, bunday dedilar:
-Kim chiroyli tahorat olib, Juma namozi uchun masjidga kelib jimgina quloq solib tinglasa, uning ikki Juma orasi qilgan gunohlari kechiriladi, ham uch kun ortig'i bilan. Lekin kim xutbaga keragicha e'tivor qilmasa va, masalan, o'ynab o'tirsa, behuda ish qilgan va mukofotdan mahrum qolgan bo'ladi. Juma kuni masjidlarning eshiklariga farishtalar kelib o'tiradi, kelganlarni navbat bilan qayd etib boradi. Ilk kelganlar bir tuyani qurbon qilgandek savob oladilar. Keyinroq kelganlar bir sigir, undan keyingilar shoxli bir qo'chqor qurbon qilgandek hisob qilinadilar. To'rtinchi guruh tovuq, beshinchi gurub esa tuxum sadaqa qilgandek savobga erishib, Allohga yaqinlikni orzulagan insondek muomala ko'radilar. Imom xutba o'qishi uchun minbarga chiqqanida, malaklar ham daftarlarini yopib, masjidga kiradilar va xutbani tinglaydilar.

Saodat asri sari
Ahmad Lutfiy Qozonchi

@saodat_asri_sarii
125 viewsSevinch Xoshimova, edited  04:14
Ochish/sharhlash