Get Mystery Box with random crypto!

Juma namozlariga Rosuli Akram (s.a.v) katta ahamiyat berardila | 📜 Saodat asri sari 📜

Juma namozlariga Rosuli Akram (s.a.v) katta ahamiyat berardilar. Bir kuni yana bu mavzuda to'xtalib, bunday dedilar:
-Kim chiroyli tahorat olib, Juma namozi uchun masjidga kelib jimgina quloq solib tinglasa, uning ikki Juma orasi qilgan gunohlari kechiriladi, ham uch kun ortig'i bilan. Lekin kim xutbaga keragicha e'tivor qilmasa va, masalan, o'ynab o'tirsa, behuda ish qilgan va mukofotdan mahrum qolgan bo'ladi. Juma kuni masjidlarning eshiklariga farishtalar kelib o'tiradi, kelganlarni navbat bilan qayd etib boradi. Ilk kelganlar bir tuyani qurbon qilgandek savob oladilar. Keyinroq kelganlar bir sigir, undan keyingilar shoxli bir qo'chqor qurbon qilgandek hisob qilinadilar. To'rtinchi guruh tovuq, beshinchi gurub esa tuxum sadaqa qilgandek savobga erishib, Allohga yaqinlikni orzulagan insondek muomala ko'radilar. Imom xutba o'qishi uchun minbarga chiqqanida, malaklar ham daftarlarini yopib, masjidga kiradilar va xutbani tinglaydilar.

Saodat asri sari
Ahmad Lutfiy Qozonchi

@saodat_asri_sarii