Get Mystery Box with random crypto!

Qashqadaryoning G‘uzor tumanidagi konida SEG neft qazib olish | Saneg | Официальный канал

Qashqadaryoning G‘uzor tumanidagi konida SEG neft qazib olish hajmini ikki baravar oshirdi.

O‘zbekistonda neft qazib olishni ko‘paytirish davlat dasturi ijrochisi bo‘lgan SEG mutaxassislari ularga topshirilgan konlardan birida neft qazib olish surʼatlarini oshirishga erishdi.

“Garmiston” koni 1991-yili ochilgan bo‘lib, bir yil o‘tib ushbu hududda sanoat maqsadlarida neft qazib olish ishlari boshlandi. Kon O‘zbekistonda neft qazib olishni ko‘paytirish Davlat dasturi ijrochisi SEG balansiga o‘tkazilgan vaqtga kelib, hudud 90 foizga o‘zlashtirilgan, ishlab chiqarish fondi esa 5 ta neft qudug‘idan iborat edi. 2020-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, bir kunlik o‘rtacha neft qazib chiqarish salohiyati bir sutkada 61 tonnadan ortmasdi. Tushish ko‘rsatkichi esa yiliga 5,6% dan baland edi.

Tez orada 2019-yilda, 19.12.2019-yil 1002-sonli VMQ ga muvofiq samarasiz neft konlarining SEG tashkilotiga berilishi natijasida kompaniya “Garmiston” konida ishlab chiqarish surʼatlarini oshirish imkoniyatlarini o‘rganish bo‘yicha ishlarni amalga oshira boshladi. Ikki yarim yillik faoliyat davomida 10 ta geologlik-texnik tadbirlar o‘tkazildi (GTT).

““Garmiston” neftining bir qator asoratlari bor. Ular parafinlar tushishi, yer qatlamlarini suv bilan taʼminlash, shuningdek, neftning yuqori yopishqoqligi bilan bog‘liq. Zamonaviy texnologiyalar, shu jumladan, elektr markazdan qochirma nasoslar, shuningdek, samarali import sanoat kimyosidan foydalanish hisobiga, biz hududda qazish ishlaridan keladigan foydani ikki barobar oshirishga erishdik. Bugun har kuni konda 120 tonna neft qazib chiqariladi. Afsuski, “Garmiston” – zahiralar qiyin qazib olinadigan maydonlar ichida yagona emas. Berib yuborilgan neft konlaridagi ko‘pchilik quduqlar yo‘q qilib yuborilgan, uzoq yillar davomida ishlamay kelmoqda. Va bugun SEG oldida turgan asosiy vazifa – harakatsiz fondni ilg‘or texnologiyalardan foydalanish va sohaga dunyoning eng yaxshi mutaxassislarini jalb qilish orqali faoliyatga qaytarish”, – deya taʼkidlab o‘tdi SEG ijrochi direktori To‘lqin Yusupov.

Kompaniya rejalarida – 2023-yilga kelib neft qazib olish surʼatlarini 620 ming tonnagacha oshirish. Ushbu ko‘rsatkich kon foydalanishga berilgan vaqt bilan  taqqoslaganda 200 ming tonnaga ko‘p.