Get Mystery Box with random crypto!

Kecha, 1 aprel – hazil va bolalar orasida o‘zaro “yolg‘on” kun | Sanjar Nazar

Kecha, 1 aprel – hazil va bolalar orasida o‘zaro “yolg‘on” kuni edi. Bugun esa 2-aprel. Bu kun shoir Usmon Azim ta'biri bilan aytganda, “rostlik”, “haqiqat” kuni. O‘qirmanlar uchun ma'lumot, shoirning “2-aprel” nomli nazmiy kitobi ham bor. O‘sha joyda bugungi kun rostlik, haqiqat kuni sifatida ta'riflanadi.

Kun haqida gap ketarkan, 2-aprel butun dunyoda Xalqaro bolalar kitobi kuni sifatida ham nishonlanadi.
Ana shu – jamiyatda garchi eshitilishidan zerikarli bo‘lsa-da, lekin mazmunan juda muhim va bugun deyarli barcha muammolarimizning tub ildizi bo‘lgan – bolalar kitobi, kitobxonligi, O‘zbekistonda bu yo‘nalishning ahvoli haqida soha vakillari bilan intervyu o‘tkazdik.

Intervyu mehmonlari – noshir Sanjar Nazar, sobiq "Kamolot" YoIH Markaziy kengashi raisi, bu lavozimda “Kamolot kutubxonasi” rukni ostida 100 nomdagi minglab kitoblar chop etilishiga bosh qosh bo‘lgan Bahodir G‘aniev va bolalar yozuvchisi Sa'dullo Qur'onov bo‘ldi.





@haqiqatdaIlyos