Get Mystery Box with random crypto!

Ha, sovuq. Ha, gaz, elektr bilan muammolar bor. Ammo qo’rqinch | Sanjar Nazar

Ha, sovuq. Ha, gaz, elektr bilan muammolar bor. Ammo qo’rqinchlisi bu emas. Qo’rqinchlisi bironta mas’ul chiqib vaziyatga izoh bermayotganligi. Gaz va elektr muammosining asl sababi ham balki shudir?!

Bizda pichoqqa ilingulik siyosiy texnologlar ham yo‘q-da. Aks holda, bunaqa muammoli vaziyatlarni foyda tomonga hal qilib yuborish juda oson. Chunki xalq muammolar qarshisida jipslashadi. Hozir kimdir chiqib yolg‘ondan bo‘lsa ham: "Xaloyiq, ilojimiz yo‘q. Kuchimiz yetmayapti. Tashqi dushmanlarning ham hissasi bor bunda. Eski O‘zbekistondan bizga qolgan meros bu, na iloj", – desa aksariyat odamlarning ko‘ngli yorishardi, ilir edi. Hamma bitta tomonda, bitta kemada ekanligini his qilar edi.