Get Mystery Box with random crypto!

“Akademnashr” nashriyotida nashr etilgan “Izlam” ruknidagi kit | Sanjar Nazar

“Akademnashr” nashriyotida nashr etilgan “Izlam” ruknidagi kitoblar bahona o‘zbek adabiyotida paydo bo‘layotgan yaxlit yangi avlod haqida ham fikrlar o‘rtaga chiqa boshladi. Yangi avlod qachon paydo bo‘ladi? Qanday shartlari bor? Ko‘plab kichik shartlarini inkor etmagan holda fokusni asosiy omilga to‘g‘rilash kerak. Yangi fikr, yangicha g‘oya yangi adabiyotning, yaxlit yangi avlodning asosiy shartidir. Fikr – sabab, adabiyot – oqibat. Ammo vaziyatni chigallashtiradigan, absurd darajasiga keltiradigan holat qarshisidamiz. Bizda yangi fikr yo‘q... Hatto, bo‘yoqni biroz quyuqlashtirsam, umuman fikr yo‘q. Shunday bir sharoitda uni tiriltirish, uyg‘otish, shakllantirish uchun masʼuliyat adabiyotning zimmasiga tushmaydimi?! Maishiy, hayajon va hovliqishlar, maqsadsiz alahsirashlardan farqli, Sardor Salim taʼbiri bilan aytganda "dunyoni o‘zbek o‘laroq anglashga" asos bo‘ladigan fikrga doyalik qila oladigan adabiyot haqida gap. Nazariy jihatdan – imkonsiz, absurd. Ammo tuxumdan tovuq paydo bo‘lgani kabi (qaysi avval ekanligi maʼlum), danakdan daraxt ungani kabi bir istisno qonuniyat ishlashiga ishongim keladi. Demak, shu yoshlardan hamma umid. Yo avlod bo‘lishadi, yo yangi avlod uchun zamin yaratishadi. Uchinchi, to‘rtinchi va h.k. yo‘llar ham bor: hozirgidek yuraverish.