Get Mystery Box with random crypto!

Sanjar Xo‘ja

Telegram kanalining logotibi sanjar_xoja — Sanjar Xo‘ja S
Telegram kanalining logotibi sanjar_xoja — Sanjar Xo‘ja
Kanal manzili: @sanjar_xoja
Toifalar: Bloglar , Siyosat
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 16.24K
Kanalning ta’rifi

HAYOT- MUSOBAQA MAYDONI EMAS...
Youtube: https://m.youtube.com/channel/UC4QRQxiGGAID-F5DjgvcX9A

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar

2024-06-26 10:12:39
Yaqinda mehmonda, hamyurtlar davrasida edim. Dindorlarga bo‘layotgan bosimlar haqida aytildi. Amaldorlarga qarg‘ish-u badduolar qilindi.

Shu vaqt gap boshladim:
"Hozirgi holat birdaniga bo‘lmadi. Avval 2-3 oshxona namozxonasi uchun jarimaga tortildi. Keyin odamlarni kuzatishdi, jim-jit. 5-10 ta erkakni soqoli olindi. Yana odamlarga qarashdi, jim-jit. Keyin 10-20 ta qizlarni ro‘moliga yopishishdi. Yana o‘sha holat, jim-jit. Shundan keyin ommaviylashdi.

Ilk holatlardan xabardor edingiz, to‘g‘rimi? O‘sha vaqt eng kamida e'tiroz bildirishingiz mumkin edi. Lekin "kimdir gapirar, kimdir kurashar" dedingiz. Mas'uliyatni boshqalarga yuklab, qahramon kutdingiz. Nega o‘zingiz biror nima qilmadingiz?

Chunki, bolangiz bor, yiqqan chaqangiz bor. Tijoratingiz, ishingiz bor. Endi savol, bu narsalar nohaqlikka qarshi kurashishimizga to‘siq bo‘lsa, Alloh nima va'da qilgan?

Balo!

Badduo qilavermay, shu tarafdan o‘ylab ko‘raylik. Balki o‘zimizni xatoyimiz, aybimiz ko‘rinib yechim topilar", dedim.

@sanjar_xoja
7.1K views07:12
Ochish/sharhlash
2024-06-25 18:57:13
Qayta eslatma. Toʻliq video:





@sanjar_xoja
7.3K views15:57
Ochish/sharhlash
2024-06-23 14:42:38
Rasm 1920-yilda olingan.
Aravada oʻrtada oʻtirgan kishi - Britaniya qiroli Jorj V. Oʻng tomonda oʻtirgan kishi - qirolning oʻgʻli, shaxzoda Henry.

Aravaning ortida bir odam tilanib yuguryapti. Kamzuliga taqilgan medallar uning urush qahramoni ekanini bildiradi. Oilasidan uzoqda, uzoq yillar jang qilgan sobiq askar...

Oddiy xalq ishlaydi, ter toʻkadi, fidokor yashaydi. Amaldorlar va uning oilasi bu mexnatni lazzati totadi.

Ora-orada xalq orasidan baʼzilarni tanlab, bir parcha temir bilan siylaydi. Bu orden va medalga boshqalar ham intilishi uchun.

@sanjar_xoja
10.6K views11:42
Ochish/sharhlash
2024-06-18 16:04:23
Assalomu alaykum
Sizni Qurbon bayrami bilan tabriklayman!

Bu muqaddas kunda hammamiz uchun duo:
- Rost va yolgʻonni aslicha koʻraolish nasib boʻlsin!
- Qahramon kelishini kutmay, oʻzimizni qutqarish va himoya qilish nasib boʻlsin!
- Kelajak avlodni ayblayvermay, oʻz aybimizni koʻrish nasib boʻlsin!
- Ayollarga kelajak avlodning tarbiyachisi sifatida qarash va qadrlash nasib boʻlsin!
- Shaxslarni mansabi, boyligi va obroʻsiga emas, insoniyligiga koʻra hurmat qilish nasib boʻlsin!
- Serial koʻrib, undagi obrazga achinib, oʻz bolasini och qoldirganlardan oʻxshamaylik. Dunyodagi adolatsizlikni gapirib, burnimiz tagidagi nohaqlikka qarshi kurashish nasib boʻlsin!
- Vaqtimiz, har nafasimiz Hamster yigʻishdan qadrli ekanimiz anglash nasib boʻlsin!
- "E siyosatni gapirishdan foyda yoʻq" deganlarga hayotida toʻlib yotgan foydasiz futbol, artist va moshina mavzularidan tiyilish nasib boʻlsin!
- Bizga nimaiki xayrli boʻlsa, hammamizga nasib boʻlsin!

@sanjar_xoja
6.6K views13:04
Ochish/sharhlash
2024-05-06 17:02:18 Green Card natijasi vaqti shu she'r yangraydi: "Rimni alishmasman bedapoyangga..."

Odam o‘z yurtini qadrini bildirish uchun, boshqa shaharni yerga urishi shartmi?

Masalan, Hindistonda ko‘cha ovqatlari qanaqa tayyorlanishini bilasiz. Hindistonlik odam "Toshkentni alishmasman ko‘cha ovqatingga" desa, g‘alati-ku, to‘g‘rimi?

@sanjar_xoja
9.1K views14:02
Ochish/sharhlash
2024-05-05 12:45:05 Anaqa...

Kecha videoni ko‘rgandirsiz:
Bir opa maktabdagi ko‘zbo‘yama, yolg‘on va ta'magirlikni halol deb "fatvo" berdi. O‘sha opa sobiq Bosh vazir o‘rinbosari, sobiq Toshkent viloyati hokimi G‘ulomjon Ibragimovning kelini ekan.

Qaynotasi qancha "halol biznes" qilgan ekan?!

@sanjar_xoja
12.2K views09:45
Ochish/sharhlash
2024-05-04 19:37:09
Ko‘p odamni o‘ylantirgan mavzu:
"Sherali Jo‘raevning o‘g‘illari" shov-shuvi.

Olamshumul va kelajak avlod uchun ham o‘ta dolzarb masala bu. Shu o‘rinda arzimagan, kichkinagina masalaga diqqatingizni qaratmoqchiman.

Davlat xizmatchisi, xalq pulidan oylik oladigan Otabek Umarovning qo‘lidagi soat. Qiymati 1 million 880 ming dollar. So‘mda aytganda: 20 milliard 380 million 760 ming so‘m.

Bu pul zo‘rg‘a kunini ko‘rayotgan 32 ming 932ta pensionerning bir oylik nafaqa puli. Bu pulga yana qancha maktab, kutubxona va parklar qurilishini siz taxmin qiling.

Davlat xizmatchisi, xalq puliga oylik olayotgan Otabek Umarov, xalq puliga oylik oladigan prezidentning kuyovi bu soatni qanday oldi?

Haligi opa aytganidek, "halol biznes bilan" deydiganlarga savol: Fakt bormi? Daromad dekloratsiyasi bormi? Soliqlar to‘langani hujjati bormi?

@sanjar_xoja
21.9K views16:37
Ochish/sharhlash
2024-05-04 16:36:45
Ko‘zbo‘yama, yolg‘on va poraxo‘rlikning boshlanishi...

Video davomidagi multfilm nomi "Imom Buxoriy".

@sanjar_xoja
25.6K views13:36
Ochish/sharhlash
2024-04-23 19:35:22
To‘liq video:





@sanjar_xoja
19.0K views16:35
Ochish/sharhlash
2024-04-23 16:33:18

17.2K views13:33
Ochish/sharhlash