Get Mystery Box with random crypto!

Jazirama kunlarda salqin ichimliklarga bo‘lgan ehtiyoj yanada | Sanitariya-epidemiologiya qo'mitasi | Vaksina oling!

Jazirama kunlarda salqin ichimliklarga bo‘lgan ehtiyoj yanada oshadi...

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi Sirdaryo viloyati boshqarmasi vakillari tomonidan yoz mavsumida o‘tkir ichak kasalliklari va ommaviy ovqatdan zaharlanish holatlari kelib chiqishining oldini olish maqsadida katta yo‘l yoqalarida tezkor tadbirlar olib borilmoqda.

Uy sharoitida tayyorlanib yo‘l yoqalarida savdo qilinayotgan ayron-go‘ja hamda o‘rik sharbati kabi ichimliklarning tayyorlanish jarayoni bilan qiziqmaslik kishini taajjublantiradi.

Aholi salomatligini saqlash, belgilangan me’yor talablari hamda takliflar asosida faoliyat yuritish insoniy burch ekanligini eslatib o‘tishni joiz deb topdik.

@sanepidcommittee