2022-03-01 07:38:48
Yana bahor, yana muhabbat
Yana umid aldar g'amlarni,
Ko'z-ko'z etib sehrin tabiat,
Eslatadi yoshlik damlarni.
Shaydoyingman, beqaroringman
Uzugingga ko'zman, yoqutman,
Bir umrga giriftoringman,
Seni sevgan o'sha dildorman.
Beqarorman, bedavoman,
Seni o'ylab yurgan bir kasalingman,
Beqarorman, bedavoman,
Bo'ging chetidagi bir chechagingman.
Tag'in bahor, tag'in muhabbat
Tag'in bog'da gulladi bodom,
Hayratlarin aylab betoqat,
Yuragimdan ayrildi orom.
Sen o'shasan, erkam, o'shasan
Ardog'imda qolgan sevgilim,
Dardlarimga armon qo'shasan...
Quchog'imdan uzulgan gulim.
Beqarorman, bedavoman,
Seni o'ylab yurgan bir kasalingman,
Beqarorman, bedavoman,
Bog'ing chetidagi bir chechagingman. (2x)
Yulduz Usmonova
YANA BAHOR
MUSIC TIME
Siz sevgan ohanglar sehri
SANAMJON da...
Kanalimizga obuna bo'ling!
https://t.me/joinchat/AAAAAEms7ALOZpVxIIBGig
3.3K viewsedited 04:38