Get Mystery Box with random crypto!

Xalqimizga xos bo‘lgan saxovat va ko’mak ishlarini amalga oshi | Ilhomjon Tuhtasinov | Rektor

Xalqimizga xos bo‘lgan saxovat va ko’mak ishlarini amalga oshirildi

Inson, millat va xalq tarixiy xotira tuyg‘usi bilan barhayotdir. Xotira – kechagi o‘tmishni, ajdodlar o‘gitini, milliy merosimizni anglatib turuvchi – muqaddas kitob zarvaraqlaridek hayotimizni yoritib turadi. Qadr – insonni yuksaklikka ko‘taradi, uning faoliyatiga, orzu-intilishlariga, maqsad-maslaklariga oliyjanoblik bag‘ishlaydi.

Xayr-u saxovat, mehr-oqibat, insonparvarlik singari azaliy an'ana va qadriyatlarimizni asrab-avaylash hamda keng targ‘ib etish xalqimizga xos bo’lgan insoniy fazilatlardan hisoblanadi.

Shu munosabat bilan Samarqand davlat chet tillar instituti rahbariyati vakillari Samarqand shahridagi “Ko’ksaroy” mahallasida “Temir daftar” ro’yxatida va kam ta;minlagan xonadonlarda bo’lishdi hamda ularga ezgu niyat yo’lida xalqimizga xos bo‘lgan saxovat va ko’mak ishlarini amalga oshirishdi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Murojaat uchun:
Telegram |
@samdchtijamoasi