Get Mystery Box with random crypto!

Korrupsion va ta’magirlik holatlarning oldini olish borasida s | Ilhomjon Tuhtasinov | Rektor

Korrupsion va ta’magirlik holatlarning oldini olish borasida samarali ishlar qilinmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, Vazirlar Mahkamasi Qarorlari, institutning ichki buyruqlari hamda ish faoliyati jarayonida xodimlar tomonidan korrupsiyaviy hatti-harakatlarga yo‘l qo‘ymaslik va ogohlikni kuchaytirish yuzasidan institutning Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i M.Sodiqov va bo‘lim bosh mutaxassisi F.Abdurahmonovlar tomonidan ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy pedagog kadrlar tayyorlash bo‘limi xodimlari bilan davra suhbati o‘tkazildi.

Unda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 3-yanvardagi №419-sonli "Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida"gi Qonuni, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2020-yil 27-oktabrdagi №564 va №565-sonli buyruqlari, institutning 2021-yil 21-dekabrdagi №511-sonli buyrug‘i hamda institutda faoliyat yuritayotgan Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limining vazifalari xususida to‘xtalib o‘tildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksidagi korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlikni kuchaytirishni belgilovchi Qonun Senat tomonidan ma’qullangani, unga ko‘ra JKning sakkizinchi bo‘limi Korrupsiyaga oid jinoyatlar atamasi bilan to‘ldirilgani va 16 ta moddada nazarda tutilgan jinoyatlar korrupsiyaviy jinoyatlar sifatida e’tirof etilgani bildirib o‘tildi. Xususan, korrupsiyaga oid 168, 192, 205, 206, 208, 209, 210, 211, 212, 213, 214, 243, 301-moddalari va ularga qo‘llanadigan sanksiyalar tanishtirilib, yana bir bor ishtirokchilar ogohlikka chaqirildi.

Bo‘limda faoliyat olib borayotgan xodimlarga institutning ichki-tartib qoidalari, lavozim yo‘riqnomalariga qat’iy rioya qilinishi, o‘z ishiga halol bo‘lishi, korrupsion va ta’magirlik holatlariga yo‘l qo‘ymasliklari alohida uqtirildi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Murojaat uchun:
Telegram |
@samdchtijamoasi