Get Mystery Box with random crypto!

BOSHQARMA BOSHLIG‘I YOSHLAR BILAN UCHRASHDI Endigina hayotg | Samarqand IIB | Rasmiy kanal

BOSHQARMA BOSHLIG‘I YOSHLAR BILAN UCHRASHDI

Endigina hayotga qiziqishi ortib, maqsad va orzulari sari dadil qadam tashlayotgan, qalbida gʻayrat-shijoati joʻsh urgan yoshlarga eʼtibor qaratish, ularning tashabbuslariga amaliy yordam berish davlat siyosati darajasiga koʻtarildi.
Viloyat 3-sektor rahbari Rahmat Mamatovning  Paxtachi tumanida  tashkil etilgan yoshlar bilan uchrashuvi ochiq muloqot maydoniga aylandi.
Dastlab, Paxtachi tumanidagi faol yoshlar munosib ragʻbatlantirildi. Oliy taʼlim muassasalari talabalari boʻlgan yoshlarga toʻlov shartnoma pullari toʻlab berilishi toʻgʻrisidagi sertifikatlar topshirildi.
10 nafar yoshlarga esa ID kartalari berildi. Shundan soʻng,  Narpay, Paxtachi, Ishtixon, Kattaqoʻrgʻon tuman va shahridagi probatsiya va profilaktik roʻyxatda turuvchi yoshlar bilan yuzma-yuz suhbatlashildi.

Batafsil tafsilotlar bilan lavhada tanishasiz.

Kanalimizga qoʻshiling
https://t.me/samiibuz