Get Mystery Box with random crypto!

Samarqandda CyberWeyek haftaligini oʻtkazish masalalari muhoka | Samarqand IIB | Rasmiy kanal

Samarqandda CyberWeyek haftaligini oʻtkazish masalalari muhokama qilindi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-27-sonli Farmoni hamda 2022-yil 3-fevraldagi “Internet tarmogʻida sodir etilayotgan huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-117-sonli qarori ijrosini ta՚minlash maqsadida, shuningdek, viloyat hokimligining tegishli Farmoishi yuzasidan, joriy yilning 1-mayidan 7-mayigacha Samarqandda CyberWeyek haftaligi oʻtkaziladi.

Tadbirni yuqori saviyada oʻtishi yuzasidan chora-tadbirlarni belgilash maqsadida viloyat IIB boshligʻi 1-oʻrinbosari S. Abduxomidov rahbarligida yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Unda IIV Tezkor qidiruv departamenti Kiberxafsizlik markazi masʼul xodimlari, viloyat va shahar-tuman IIB masullari, viloyatda xizmat koʻrsatadigan 24 ta soha rahbarlari bilan hamkorlikda bugungi kunda kiber makonda sodir boʻlayotgan jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish, fuqarolarning bu boradagi tushuncha va dunyo qarashini kengaytirish borasida taklif va mulohazalar olib borilib viloyat hokimligi farmoyishi yuzasidan topshiriq va koʻrsatmalar tegishli sohalar boʻyicha taqsimlab berildi.

Kanalimizga qo‘shiling

https://t.me/samiibuz