Get Mystery Box with random crypto!

​​Mobil ilovalar yaratishga qiziqasizmi? Unda bu tanlov aynan | SamDTI O'zYI BT

​​Mobil ilovalar yaratishga qiziqasizmi? Unda bu tanlov aynan siz uchun!

Yosh va izlanuvchan dasturchilarni jalb etgan holda Alisher Navoiyning boy merosini o’rganishni keng targ’ib etish maqsadida Yoshlar ishlari agentligi Alisher Navoiy asarlarining mobil ilovalarini yaratish bo‘yicha tanlovni e’lon qiladi.

Tanlovda 30 yoshgacha bo‘lgan, dasturlash sohasiga qiziquvchi yoshlar ishtirok etishi mumkin.

Siz yaratgan mobil ilova(Android) quyidagi talablarga javob berishi lozim:

•Sifatli, yoshlarbop UI/UX dizayn;
•Alisher Navoiy ijodi namunalari: Xamsa, dostonlar, g’azallar (lotin yozuvida)

Tanlovda ishtirok etishni istasangiz 2021-yil 5-fevralgacha jamoa a’zolari, bog‘lanish uchun telefon raqam va mobil ilova haqida 200 so‘zdan oshmagan ma’lumotlarni tanlovlar@yoshlar.gov.uz manziliga yuborishingiz talab etiladi.

Tanlov g’oliblari hakamlar hay’ati tomonidan munosib baholanadi hamda g’oliblar qimmatbaho esdalik sovg’alar va diplom bilan mukofotlanadi.

Yosh dasturchilar, imkoniyatni qo’ldan boy bermang! Bu orzularingizning ushalishida muhim qadam bo’lishi mumkin.

Telegram sahifamiz @yoshlaragentligi