Get Mystery Box with random crypto!

Qo‘shma ta’lim dasturlarida talabalarI MINSKga uchmoqda #Doubl | SaM

Qo‘shma ta’lim dasturlarida talabalarI MINSKga uchmoqda
#DoubleDegree #BMTU

Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti (SamDAQI) va Belarus Milliy Texnika universiteti (BMTU) o‘rtasidagi hamkorlik shartnomasiga asosan SamDAQI qo‘shma ta’lim dasturlarida ta’lim oluvchi bir guruh talabalar ta’limni qolgan qismini davom ettirish uchun bo‘lim boshlig‘i Obid Otamurodov boshchiligida Belarus poytaxti Minskka jo‘nab ketdilar.

Toshkent Xalqaro aeraportidan talabalarning ota onalari va qo'shma ta'lim dasturlari tyuteri Umurzakov Ulugbek, bo‘lim o‘qituvchisi Po‘latov Shaxronlar kuzatmoqdalar.

Eslatma: Hamkorlik shartnomasiga binoan talabalar barcha yo‘nalishlar bo‘yicha (2+2, arxitektura yo'nalishi 2+3) 2 yil SamDAQI da, 2(Arxitektura ta'lim yo'nalishi esa 3) yil Belarus Milliy Texnika universitetida ta’lim olishadi va qo‘shma ta’lim dasturi bitiruvchilariga O‘zbekiston va hamkor davlatda tan olinadigan 2 ta diplom beriladi.


SamDAQ Axborot xizmati
@samdaqi_uz