Get Mystery Box with random crypto!

INSTITUT KENGASH YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI #kengash #SamDAQI 20 | SaM

INSTITUT KENGASH YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI
#kengash #SamDAQI

2022-yil 31-avgust kuni Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti rektori Chidem Turkyilmaz raisligida institut kengashining 1-son yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Kengash yig‘ilishida institut kengashi ish rejasini tasdiqlash borasida Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Sherzod Uzoqovning, O‘zbekiston Respulikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida 2022-yil 6-iyul kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishining 57-son bayoni topshiriqlarini ijrosi va yangi 2022-2023 yil o‘quv yiliga tayyorgarlik haqida O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Xakim Buriyevning, talabalarining kontrakt to‘lovlaridan qarzdorlik holati bo‘yicha Moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha prorektor Adham Rajabovning ma’ruzalari tinglandi, mavzu doirasida savollarga javoblar berildi. Shuningdek turli masalalar bo‘yicha kengash a’zolari fikr mulohazalar almashildi.


SamDAQI Axborot xizmati
@samdaqi_uz