Get Mystery Box with random crypto!

Bayram kuni jamoat transporti odatdagidan 1 soat vaqtli ish bo | Samarqand yoshlari

Bayram kuni jamoat transporti odatdagidan 1 soat vaqtli ish boshlaydi

Joriy yilning 9-iyul kuni Qurbon Hayiti bayrami munosabati bilan aholiga qulayliklar yaratish, Hayit namozini ado etish maqsadida masjidalarga o‘z vaqtida yetib olishlari uchun jamoat transporti o‘z harakatini odatdagidan 1 soat oldin boshlaydi.

Bayram munosabati bilan qo‘shimcha dam olish kunlari sifatida belgilangan 10, 11 va 12-iyul kunlarida esa jamoat transportlari odatiy tartibda harakatlanadi.

Samarqand shahar hokimligi Axborot xizmatiga ko‘ra, joriy yilning 9-iyul kuni Qurbon Hayiti namozi shaharining 22 ta masjidida o‘qilishi belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, Qurbon hayiti namozi o`qilishi belgilangan masjidlar joylashgan ko‘cha hamda unga tutash ko‘chalarning masjidga yaqin qismida Hayit namozi o‘qib bo‘lingunga qadar transport vositalarining harakati cheklanadi.

Qurbon Hayiti barchangizga muborak bo‘lsin!

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
@samarqandyoshlari_uz