Get Mystery Box with random crypto!

#rangtasvir “Parchalangan manzara”, 1989 y., #Useinov R. 160x1 | "SAMARQAND" davlat muzey-qoʻriqxonasi™

#rangtasvir
“Parchalangan manzara”, 1989 y., #Useinov R.
160x160 sm, mato, moyboʼyoq

Kubizm uslubida ishlangan ushbu asarda parchalab ishlangan manzaralar koʼrsatilgan. Аsosiy syujetda quroqli koʼylak kiygan ayol kishi va ustiga quroqli popona (egarpoʼsh) tashlangan, oyoq qoʼllari bogʼlangan ot tasvirlangan. Аsar markazida usti ochiq traktor, eski uylar, tandir, kishilar qiyofalari tasvirlangan boʼlsa, asarning ikki chetida, yoʼldan oʼtib borayotgan kishilar va daraxtlar aks ettirilgan. Аsar kulrang fonga mayda har xil shakllar jamlashtirilib yaxlit kompozitsiya ishlangan. Аsarda barcha ranglar aralashmasidan foydalanilgan, boʼyalgan yogʼoch bilan hoshiyalangan.
#samarkandmuseum