Get Mystery Box with random crypto!

​​Bugun Samarqand Viloyat o’lkashunoslik muzeyining katta mehm | "SAMARQAND" davlat muzey-qoʻriqxonasi™

​​Bugun Samarqand Viloyat o’lkashunoslik muzeyining katta mehmonlar zalida, Madaniyat boshqarmasi qoshida 2018–yilda Abdunabi To’xtayev boshchiligida tashkil etilgan «Namunali maqom» ansambli tomonidan tayyorlangan maqom kechasi bo’lib o’tdi. Bu tadbir hazrat Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi munosabati bilan tashkil qilinganligi sababli Navoiy g’azallari asosida yaratilgan musiqa asarlari ko’proq ijro etildi. Tadbirga yig'ilgan ishtirokchilar Samarqand maqomchilik maktabining o’ziga xos yo’llaridan bahramand bo’ldilar. Yosh ijrochilar jo’r ovozlikda ijro etgan shashmaqomning badiiy go’zal namunalari «Ey sabo» va «Naqshi navo» kabi asarlari musiqa san’atiga ixlosmand qalblarni larzaga soldi. Shashmaqom ijrochilari Xorazm maqomi yo’nalishiga murojaat qilishi natijasida musiqaga yanada o’zgacha o'ziga xoslik bergan. Bunday tadbirlar yoshlarni milliy musiqamiz bilan tanishtirishda ko’prik bo’lib xizmat qiladi. Biz xalqimizning o’lmas ma’naviy meroslarini tarannum etib kelayotgan yosh umidli san’atkorlarimizga bu yo’lda ijodiy parvozlar tilab qolamiz.

Сегодня в гостевом зале Oбластного краеведческого музея состоялся вечер макома, организованный в 2018 году ансамблем "Oбразцовый маком" под руководством Абдунаби Тухтаева. Мероприятие было посвящено 580-летию со дня рождения Алишера Навои, поэтому здесь были исполнены многие музыкальные произведения, созданные на основе Навоийских газелей. Собравшиеся здесь смогли насладиться Самаркандской школой макомизма. Такие произведения, как "Эй сабо" и "Накши наво", исполненные молодыми исполнителями в сопровождении голоса, поразили сердца меломанов. В результате обращения исполнителей Шашмаком к Хорезмскому статусному направлению музыка приобрела особый характер. Такие мероприятия служат мостом к национальной музыке молодого человека, воспевающей вечное духовное наследие нашего народа.

Marhabo IRZAYEVA, Viloyat o'lkashunoslik muzeyi ilmiy xodimi