Get Mystery Box with random crypto!

Agar matritsani ichida bo’lsangiz, bu postlardan sizga hech qa | ...

Agar matritsani ichida bo’lsangiz, bu postlardan sizga hech qanday foyda yo’q, chunki ertaga ishga borishingiz kerak.

Matritsa nima?

Odamlarni propaganda va boshqa instrumentlar orqali tizimga pul oqimini stabil ushlab turish uchun boshqaruv usuli. Soliqlar, yig’imlar, fondlar va boshqalar. Qullik 19-20-asrlarda bekor qilingan. Qogo’zda.

Ammo boshqa ko’rinishdagi qullik paydo bo’ldi, tizimga qullik qilish. Gigantlar o’rtasida ohirigi yirik urush 1945-yil tugadi, o’rniga moliyaviy urush keldi. Metroda jeton sotadiganlar yo’q bo’ldi (bizda yo’q), o’rniga avtomat-qurilmalar keldi.

Hammasi o’sha-o’sha, faqat shakli boshqa. Tizim bor, qullik bor, odamlarni energiya va vaqtini ekspluatatsiyasi bor, hech narsa o’zgarmadi. Korrupsiyada tizimni istagancha ayblash mumkin, agar korrupsiya jinoyat bo’lsa, oylikga ishlaydigan har bir inson jinoyatchi.

Bilasizmi nega? Bolaligingizda qancha orzularingiz bor edi? Bir eslab ko’ring. Kimdir katta uyi bo’lishini istagandir, kimdir 10 talab eng qimmat mashinasi bo’lishini istagandir, kimdir o’z davlatini yaratmoqchi bo’lgandi. Inson nimani orzu qila olsa, barchasiga erishishga qodir bo’lgan yagona organizm. Sigir yoki tovuq bunday qila olmaydi, intellektning kenglik darajasi bunga yo’l qo’ymaydi. Odamlarda erkin fikrlash va tasavvur ramkasiga sig’dira olgan narsasini yarata olish funksiyasiga ega. Buning uchun erkin odam bo’lish kerak.

Endi hamma erkin bo’laversa, aqlli odam ko’payib ketsa, kimdirlar chiroyli kabinetlarda, kostyum-shimlarni kiyib o’ziga zo’r dachalar qura olmaydi, davlat ta’limi haqida soatlab televizorda gapirib, o’z farzandlarini Angliyada o’qita olmaydi. Bolalikdagi orzulari aynan ularda ushalishi uchun, boshqalarni orzularni ushalmasligi kerak, bo’lmasa organik raqobat yuzaga keladi.

Endi buni qanday uddalasa bo’ladi? Qanday qilib raqobatni sun’iy tarzda kamaytirish mumkin? Korrupsiya orqali. Yo’q bu odatiy ko’rinishdagisi emas. Bu har bir oylikga ishlaydiganga tegishli. Sizning orzularingizni o’ldirish uchun, bolalikda tasavvur qila olgan maqsadlaringizga erishish yo’lini uzaytirib yuborish uchun sizga pora berishadi. Bu pora oylik deb nomlanadi. Oylik sizga hech qachon orzularingizni ro’yobga chiqarishga imkoniyat bermaydi, lekin och qolib o’lib ham qolmaysiz. Qo’shimchasiga har xil ko’rsatuvlar orqali pulga sotib olish mumkin bo’lgan “ekspertlar” chiqib, qanchalik tinch va farovon yurtda yashabmiza degan propaganda yoqiladi.

Oylik - bu sizning orzularingizni o’ldirish, erkin insonga aylanmasligingiz va nazoratda ushlab turish uchun pora.