Get Mystery Box with random crypto!

Ok, ishkal boshlandi. Xitoy o’zini xarbiy samolyotlarini Taiv | ...

Ok, ishkal boshlandi.

Xitoy o’zini xarbiy samolyotlarini Taivan atrofida ko’tardi. Amerikaning tinch okeani flotidan kreyserlar va yirik harbiy kemalar patrul yo’nalishi Taivan tomon burildi. Hozir hech kim bir-biriga o’q uzmaydi, bu shunchaki taktik yechim va reaksiya.

Urush bo’ladimi? Jismoniy urush bo’lmaydi, uni ustiga ikkita gigant o’rtasida. Bu taktik-moliyaviy urush. Hozir shaxmat o’yini ketayabdi, kimdir sanksiya orqali birini yo’lini to’sadi, boshqasi qo’shimcha cheklovlar qo’yib 3-tomon bilan a’loqani bloklaydi. Bizni zamonda gigantlar o’rtasida jismoniy urush bo’lmaydi. Gigant bilan kichik o’yinchi o’rtasida jismoniy urush bo’lishi mumkin, masalan Rossiya-Ukraina, AQSH-Iroq va hokazo. AQSH Rossiyaga qaratib o’q otmaydi, lekin Xitoy Taivanni qirishi mumkin. Gigant - kichik o’yinchi formulasi bo’yicha.

Agar bunday bo’lsa, bu global urush bo’ladi, allianzlar o’rtasida. Xitoy Taivanga qurol bilan kirsa Amerika Rossiyaga yana cheklovlar qo’yadi. Rossiyani nima a’loqasi bor? Xitoy bilan Rossiya bir allianzda, Amerika Taivan allianzida. “Krug”lar boshqa, kichik davlatlar shunchaki navbatdagi strategik yurish uchun tranzit qarorlarni qa’bul qilish uchun sababdan boshqa narsa emas.

Agar moddiy foyda bo’lmasa, hech qachon urush bo’lmaydi. Kapitalistik davlatga pul o’ta muhim, bu yerda kimdir yomon yoki yaxshi emas. Turli qarashlar to’qnashuvi holos. Bundan oddiy aholi minusda bo’ladi, narxlar ortishi, cheklovlar, kimdirlar Amerikaga bora olmaydi yoki boshqalar Xitoy tovarlarini harid qila olmaydi.

Katta gigantlar strategik to’qnashuvida faqat o’z ustida ishlamay bir joyda qotib qolganlar zarar ko’rishadi. Bundan keyin dunyo juda tez o’zgaradi, o’ta tez. Kim moslashishni bilsa, hech qachon yutqazmaydi.