Get Mystery Box with random crypto!

8-sinf Fayllar Bazasi

Telegram kanalining logotibi sakizinchisinf — 8-sinf Fayllar Bazasi 8
Telegram kanalining logotibi sakizinchisinf — 8-sinf Fayllar Bazasi
Kanal manzili: @sakizinchisinf
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.63K

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 16

2022-12-08 03:18:33
Bizning Konstitutsiya

Qonunlarning a'losi,
Mustaqillik asosi,
Vatan mehri giyosi,
Bizning Konstitutsiya!
Faxrimiz, g'ururimiz,
Sha'nimiz, shuurimiz,
Baxtimiz sururimiz
Bizning Konstitutsiya!
Tinchligimiz tayanchi,
Farovonlik ishonchi
Fuqarolar quvonchi,
Bizning Konstitutsiya!
O'qi, mehnat qil deydi,
Yurtni aziz bil deydi,
Huquqing komil deydi,
Bizning Konstitutsiya!
Qonunlarni bilamiz,
Shu yurt faxri bo'lamiz,
Jonu dildan sevamiz,
Bizning Konstitutsiya!
616 views00:18
Ochish/sharhlash
2022-12-08 03:18:33
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUSIYASI QABUL QILINGANINING 30 YILLIGI BILAN BARChANGIZNI TABRIKLAYMIZ!

Bugun — 8 dekabr, O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilingan kun.

O‘zbekistonda bosh Qomus qabul qilinganining 30 yilligi keng nishonlamoqda shu munosabat bilan sizlarni va butun O‘zbekiston aholisini O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi bilan muborakbod etib, tinchlik, xotirjamlik va Vatanimiz gullab-yashnashini tilab qolamiz!!!

Vatanimiz ravnaqi va farovonligi yo‘lida jonbozlik bilan o‘z xissasini qo‘shib kelayotgan vatanparvar insonlar safi kengayib borsin!
Barchaga sihat-salomatlik, baxt va istiqbolli rejalarning amalga oshishini tilab qolamiz!

Konstitusiyaviy huquqlaringizni biling va himoya qiling, huquqlaringiz buzilgan holatda Konstitusiyaga tayaning.
435 views00:18
Ochish/sharhlash
2022-12-08 03:18:33
Konstitutsiya haqida bir necha qiziqarli faktlar...

Koʻpchilik dunyodagi ilk Konstitutsiya AQSHda ishlab chiqilgan deb hisoblaydi, biroq bunday emas. Eng qadimgi Konstitutsiya Polshaga tegishli. U 1792-yilda qabul qilingan.

Hindiston Konstitutsiyasi 1950-yilda qabul qilingan. U hajmi boʻyicha dunyodagi eng katta Asosiy Qonun.

Britaniya Konstitutsiyasining oʻziga xos jihati mamlakat asosiy qonuni deb atash mumkin boʻlgan yagona hujjatning mavjud emasligidir.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi matni 7543 ta soʻzdan tarkib topgan. Bunda “respublika” soʻzi – 390, Oʻzbekiston – 354, qonun – 210, davlat – 98, huquq – 90, konstitutsiya – 70, fuqaro – 66, Prezident – 62, Qoraqalpogʻiston – 33, shaxs – 32, erkin(lik) – 27,xalq – 24, demokratiya – 7 marotaba qoʻllangan.
622 views00:18
Ochish/sharhlash
2022-12-08 03:18:33 KONSTITUTSIYA HAQIDA

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi O‘n ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o‘n birinchi sessiyasida 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan.

(2002 yil 27 yanvarda o‘tkazilgan umumxalq referendumi natijalariga ko‘ra hamda uning asosida O‘zbekiston Respublikasining 2003 yil 24 aprelda qabul qilingan Qonuniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi XVIII, XIX, XX, XXIII boblariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritilgan. O‘zbekiston Respublikasining 2007 yil 11 aprelda qabul qilingan Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 89-modaasiga, 93- moddasining 15-bandiga, 102-moddasining ikkinchi qismiga tuza- tishlar kiritilgan. O‘zbekiston Respublikasining 2008 yil 25 dekabrda qabul qilingan Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 77-moddasining birinchi qismiga o‘zgartish kiritilgan. O‘zbekiston Respublikasining 2011 yil 18 aprelda qabul qilingan Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 78, 80, 93, 96 va 98-moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilgan. O‘zbekiston Respublikasining 2011 yil 12 dekabrda qabul qilingan Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 90-moddasining ikkinchi qismiga tuzatish kiritilgan. O‘zbekiston Respublikasining 2014 yil 16 aprelda qabul qilingan Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 32, 78. 93, 98, 103 va 117-moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilgan. O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 6 aprelda qabul qilingan Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 80, 81, 83, 93, 107, 110 va 111-moddalariga o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritilgan. O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 31 mayda qabul qilingan Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 80, 93, 108 va 109-moddalariga o‘zgartishlar kiritilgan. O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 29 avgustda qabul qilingan Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 99 va 102-moddalariga o‘zgartishlar kiritilgan.)

462 views00:18
Ochish/sharhlash
2022-11-30 07:28:15 Endilikda Ustamaga hujjat qilib tayyorlab chiqaman deb, vaqtingizni ketkizib yurmaysiz. Mana 5-6-7-8-9-Sinflar uchun O'ZBEKISTON TARIXI fanIdan tayyor Iqtidorli uquvchilar bilan ishlash hujjatlari. 2022-2023 O'quv yili uchun tayyorlab chiqqanmiz
511 views04:28
Ochish/sharhlash
2022-11-27 18:13:08 2022-2023 O'quv yili uchun
8-sinf Jahon tarixi fanidan yillik TARQATMALAR
TO'LIQ HAJMDA YUKLAB OLING Kanlimizga a`zo bo`ling @samo_print Admin: @sayyodfazliddinov
391 views15:13
Ochish/sharhlash
2022-11-21 10:41:52 2022-2023 O'quv yili uchun
8-sinf Tarbiya fanidan yillik TARQATMALAR
TO'LIQ HAJMDA YUKLAB OLING Kanlimizga a`zo bo`ling @samo_print Admin: @sayyodfazliddinov
132 views07:41
Ochish/sharhlash