Get Mystery Box with random crypto!

8-sinf Fayllar Bazasi

Telegram kanalining logotibi sakizinchisinf — 8-sinf Fayllar Bazasi 8
Telegram kanalining logotibi sakizinchisinf — 8-sinf Fayllar Bazasi
Kanal manzili: @sakizinchisinf
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.63K

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 15

2022-12-10 05:52:28
Mutal Burhonov madhiya musiqasi muallifi.
610 views02:52
Ochish/sharhlash
2022-12-10 05:52:03 Abdulla Oripovning hayoti va ijodi

Abdulla Oripov 1941-yil 21-martda Qashqadaryo viloyati, Koson tumaniga qarashli Neko‘z qishlog‘ida tug‘ildi. U 1958-yilda orta maktabni ,,Oltin medal” bilan bitirdi. Shu yili ToshDU ning filologiya fakultetiga o’qishga kirdi. 1963-yilda o’qishni imtiyozli diplom bilan tugatib, ,,Yosh gvardiya” nashriyotiga muharrir bo’lib ishga kirdi. 1967-1974 yillarda ,,Gafur Gulom” nashriyotida muharrir sifatida faoliyat yuritdi va 1974-1976-yillarda ,,Sharq yulduzi” jurnalining nazm bo’limini boshqardi. 1976-1982-yillarda Yozuvchilar uyushmasida adabiy maslahatchi, 1982-1983-yillarda masul kotib, 1983-1985-yillarda ,,Gulxan” jurnalining bosh muharriri, 1985-yilda O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi kotibi, 1988-yilda O’zbekiston Respublikasi Mualliflik huquqlarini himoya qilish qo’mitasi raisi lavozimlarida faoliyat yuritdi. 1996-yil mart oyidan 2009-yil may oyiga qadar O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi vazifasida ishladi . 1983-yilda ijodkorga Hamza nomidagi Davlat mukofoti hamda O’zbekiston Xalq shoiri unvoni berildi. Abdulla Oripov 1994-yilda Alisher Navoiy nomli Davlat mukofoti, 1998-yilda O’zbekiston Qahramoni unvoni bilan taqdirlandi. Uning ilk kitobi – “Mitti yulduz” 1965-yilda nashr etilgan. “Ko‘zlarim yo‘lingda” (1967), “Onajon” (1969), “Ruhim”, “O’zbekiston” (1971), “Xotirot”, “Yurtim shamoli” (1974), “Yuzma-yuz”, “Hayrat” (1979), “Najot qal’asi” (1981), “Yillar armoni” (1983), “Haj daftari”, «Munojot» (1992), “Saylanma” (1996), “Dunyo”, “Bedorlik”(1999), “Shoir yuragi” (2003), “Everest va ummon” (2016) singari she’riy kitoblari nashr etilgan. Shoir ozbek adabiyotini quyidagi dostonlar bilan boyitdi: “Jannatga yo‘l” (1978), “Hakim va ajal”(1980), “Ranjkom” (1988). Buyuk Amir Temur A.Oripov qalbi va tafakkurini doimo tolqinlantirib keldi. Istiqlol sharofati tufayli bu daho qiyofani butun murakkabligi, ulugvorligi bilan, erkin, xolis gavdalantirish imkoniyatiga ega boldi. Ana shunday harakatlar samarasi olaroq, 1996-yilda buyuk shoir “Sohibqiron” dramasini yaratdi. Ushbu she’riy drama respublikaning barcha yirik teatrlarida sahnalashtirildi. Shuningdek, “Erk haqqi”, “Adolat oftobi”, “Vatan”, “Xalq”, “Temur” kabi manzumalar ham Abdulla Oripov qalamiga mansub. Buyuk ijodkor tarjimachilik sohasida ham barakali qalam tebratdi: Aligeri Dantening “Ilohiy komediya”si, A.N.Nekrasov, L.Ukrainka, T.Shevchenko, R.Hamzatov, Q.Quliev kabi ijodkorlarning asarlari shular jumlasidandir. Dantening “Ilohiy komediya” asari tarjimasi Italiya hukumati tomonidan etirof etildi.
Abdulla Oripov Ozbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining muallifidir. Sakkiz mingga yaqin sherlar muallifi bolgan ijodkorning 50 dan ortiq kitoblari nashr etilgan.
Buyuk shoir 2016-yil 5-noyabrda Xyuston shahridagi (AQSh, Texas shtati) kasalxonada 75 yoshida vafot etdi. Ijodkor “Chig`atoy” qabristonida dafn etilgan.
521 views02:52
Ochish/sharhlash
2022-12-10 05:52:03
Abdulla Oripov madhiya muallifi.
499 views02:52
Ochish/sharhlash
2022-12-10 05:49:32
Abdulla Oripov - Madhiya -
495 views02:49
Ochish/sharhlash
2022-12-10 05:49:32
10-DEKABR MADHIYA QABUL QILINGAN KUN.

               Boshqalarga ham ulashing!
  
410 views02:49
Ochish/sharhlash
2022-12-10 05:49:32
Madhiyaning yaratilish tarixi

               Boshqalarga ham ulashing!
418 views02:49
Ochish/sharhlash
2022-12-10 05:49:32
Serquyosh, hur oʻlkam, elga baxt, najot,
Sen oʻzing do'stlarga yoʻldosh, mehribon!
Yashnagay to abad ilmu fan, ijod,
Shuhrating porlasin toki bor jahon!

Oltin bu vodiylar - jon Oʻzbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulugʻ xalq qudrati joʻsh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!

Bagʻri keng oʻzbekning oʻchmas iymoni,
Erkin, yosh avlodlar senga zoʻr qanot!
Istiqlol mashʼali, tinchlik posboni,
Haqsevar, ona yurt, mangu boʻl obod!

Oltin bu vodiylar - jon Oʻzbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulugʻ xalq qudrati joʻsh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!
451 views02:49
Ochish/sharhlash
2022-12-10 05:49:31
10 dekabr O‘zbekiston Respublikasi
Davlat Madhiyasi qabul qilingan kun!

1992 yil 10 dekabr. Ushbu sanada O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasining huquqiy maqomini belgilovchi 13 moddadan iborat “O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi.

Madhiyamiz bayramlar, siyosiy chiqishlar, sport anjumanlari, rasmiy davlat qabullari, ahamiyatli mitinglar, turli davlat boshliqlarini kutib olish va kuzatish marosimlari hamda qonun bilan belgilangan boshqa hollarda ijro etilib, davlat suverenitetiga e’tiqod va hurmatni rasmiy musiqa hamda musiqa hamda matn bilan ifoda etadi.

Hurmatli vatandoshlar sizlarni qalbimizda cheksiz faxr va iftihor tuyg‘ularini yuksaltiruvchi, ona yurtga fidoiylikni tarannum etuvchi O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun barchamizga muborak bo‘lsin!

               Boshqalarga ham ulashing!
611 views02:49
Ochish/sharhlash
2022-12-08 03:18:33
8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun barchamizga muborak bo'lsin!!!

              
741 views00:18
Ochish/sharhlash