Get Mystery Box with random crypto!

*** Sen hamma narsadan tashqaridasan savobdan, gunohdan, do’za | Koinot...

***
Sen hamma narsadan tashqaridasan
savobdan, gunohdan, do’zax, jannatdan.
Taqdir sukutidan qulog’im batang,
Nafasim tiqilar…hayratdan.

Labingni havoga chizar ekanman–
barmog’im kuyadi, o’t ketar ko’kka.
“Nega?”, “Nechun?”, degan savolim bilan
Tangrining ko’ziga boqaman tikka.

Holimizga boqib, ho’ngraydi samo,
Tunlarni g’ajiydi sog’inchim – qashqir,
Bilmayman yakunda ne kutar ammo,
Bizga ham Xudoning aytgani bordir....

Mehrinoz

Niyatlarimiz ijobatini bersin, duolaringizda jumlamizni ham eslab qo'ying.

@S_koinot