Get Mystery Box with random crypto!

Turkiyaning zilzila boʻlgan hududida yashovchi bir qiz yozyapt | Koinot...

Turkiyaning zilzila boʻlgan hududida yashovchi bir qiz yozyapti:

«...Koʻchada qolgan boshpanasiz odamlarning yonidan boshimizni baland koʻtarib oʻtib ketardik yoki insof qilsak, mayda pul berib oʻtardik. Zilziladan keyin, hokimiyat tarqatayotgan yemaklardan olish uchun ular bilan bir qatorda navbatga turishga majbur qoldik... Yoʻq, men bundan nolimayapman. Senga boshqa narsani aytmoqchiman.

Koʻchada olov atrofida isinib oʻtirganimizda keksa bir kishi: «Ol, qizim, shunga oʻranib oʻtir», – deb qalin koʻrpa koʻtarib keldi. Keyin: «Oʻgʻling tirikmi, jabr koʻrmadimi?» – deb soʻradi. Hayron boʻldim. Butunlay notanish odam. «Xudoga shukr, oʻgʻlim sogʻ-omon» – desam, xursand boʻlib ketdi. Biroz gaplashdik. Bilsam, bu odam koʻchada yasharkan. Qachondir oʻgʻlim ikkimiz unga toʻrtta nonga yetgulik pul bergan ekanmiz... Unutmagan ekan... Oʻpkam toʻlib ketdi... Bu zilzila shaxsan men uchun xayrli boʻldi. Oʻz qobigʻimga oʻralib, odamgarchilikdan chiqib qolayotgan ekanman. Oʻzimga keldim. Koʻzim ochildi!..

Boshqalarning ham koʻzi ochilishi uchun boshiga bir balo kelishi shart boʻlmasin...

@S_koinot