Get Mystery Box with random crypto!

Jannatdagi ilk tong qanday boshlanarkin?.. Qasringiz ayvonida | Jaloliddin Rumiy 🍃

Jannatdagi ilk tong qanday boshlanarkin?..

Qasringiz ayvonida turibsiz... U yerdan turib oltin-kumush konlar, daryolar va bog'-rog'larni tomosha qilasiz... Osmon-u yerlar mutlaqo boshqacha... Bir anhordan sut, bir anhordan asal... Bir anhordan sharbat, bit anhordan musaffo suv oqib turibdi... Tillo va kumushdan yasalgan qasrlar, ko'zing yetgancha gavhar toshli yerlar. Atrofni mushki anbar tepaligidan taralgan muattar hidlar chulg'agan.... Hammayoqda daraxtlar... Shoxlari tillodan... Shoxlarida anvoyi mevalar... Atrofingda xizmatkorlar... Abadiy qoluvchi hurlar, yosh xizmatkor bolalar. U dunyoda judo bo'lgan yaqinlaringning barchasi huzuringda jamuljam...
Mana shu ne'matlarning barchasi o'tkinchi dunyo fitnalariga sabr qilishga, nafsni Alloh yo'lida ko'p toat-ibodat qilishga, gunoh-ma'siyatlardan yiroq bo'lishga arzimaydimi?!


@Rumiy_Jaloliddin – sevimli maskan!..