Get Mystery Box with random crypto!

Sen meni istamasang ham, men Seni jon ila, koʻngil ila istayma | Jaloliddin Rumiy 🍃

Sen meni istamasang ham, men Seni jon ila, koʻngil ila istayman.
Menga eshik ochmasang ham, eshiging oldidan aslo ayrilmayman, u yerda oʻtirib kutaman.
Baliqqa oʻxshayman. Toʻlqin meni qirgʻoqga chiqarib tashlasa ham, suvdan boshqa men uchun omonlik yeri yoʻqdir. Koʻnglim suvdan oʻzga bir yer istamaydi. Boshimni olib qayerlarga ham ketardim? Sendan boshqa koʻnglim, jonim bormidi?
Men ham, badan ham, koʻngil ham faqatgina sultonlar Sultoni boʻlgan Jamilning panohiga sigʻinganman...

Mavlono Jaloliddin Rumiy

@Rumiy_Jaloliddin – sevimli maskan!..