Get Mystery Box with random crypto!

Jaloliddin Rumiy Aforizmlari📚

Telegram kanalining logotibi rumiy_aforizmlariuz — Jaloliddin Rumiy Aforizmlari📚
Kanaldagi mavzular:
Бисмиллаҳ
Eslatma
Kanal manzili: @rumiy_aforizmlariuz
Toifalar: Iltimoslar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 62.52K
Kanalning ta’rifi

Jaloliddin Rumiy muhlisi tomonidan ochilgan ilmiy-ma'rifiy blog 📚
🗓 02-avgust 2020
Reklama uchun : https://t.me/rek_info/1353
Admin: https://t.me/Talabalar_Admini
Bizni Instagramda ham kuzatib boring⤵️
instagram.com/Rumiy_Aforizmlari

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 15

2023-05-21 15:18:51 ОНА КАДРИ...

Мен шаҳарда дўконда ишлайман. Бир куни ишдалик пайтимда онам телефон қилдилар.

– Ассалому алайкум Онажон!

– Ва алайкум ассалом, Иқболжон яхшимисан болам? Болаларинг ҳам яхшими, келиним ҳам ишига бориб келяптими?

– Ҳа, раҳмат онажон. Дадам яхшимилар, укам, келин ҳаммалари яхши юришибдими?

– Тузук ҳаммаси яҳши, ўзим ҳам яхшиман болам.

– Ҳа онажон, тинчликми, телефон қилибсиз?!

– Тинчлик болам, сизларни кўргим келдида... Эртага бир келиб кетинглар демоқчийдим...

– Эртага бўлаверсин-чи ойижон, вазиятга қараб кўраман-да...
Майли хайр, ёнимда одам бор эди... Кейинроқ ўзим телефон қиламан...

Телефонни столга қўйишим билан, дўконимга харидор бўлиб кирган, нотаниш киши кўзимга қаради.

Юзлари қандайдир маъюс, хиёл кулганча:

– Онангизмилар? – деб сўради.

– Ҳа онам...

– Улар бошқа жойда яшайдиларми? – яна саволга тутди бояги киши.

– Ҳа улар мендан анча олисда, масофа билан ҳисоблаганда 100 км дан ошиқроқ узоқликда яшайдилар.

– Ҳа-а, шунақами? Демак, 100 км денг... Бир гап айтсам хафа бўлмайсизми?

– Йўқ хафа бўлмайман, ака бемалол, – дедим ҳайрон бўлиб.

– Агар менда шундай имкон бўлганида ука, 100 км экан-ку, 1000 км бўлса ҳам, ҳар кун бориб қайтишга тайёр эдим... Қани мени ҳам Онам ҳаёт бўлсалар, қани энди улар ҳам сизни онангиз каби қўнғироқ қилиб, ёнларига чақириб, кел болам десалар, қани энди уларнинг тиззаларига бошимни қўйиб ухлай ололсам, қани энди онам бошимни силаб дуолар қилсалар ука. Афсуски, буни иложи йўқ! Ҳеч қандай йўл билан уларни қайтара олмайман ука… Онам энди йўқлар!

Сизда эса ҳаёт эканлар. Ука боринг олдиларига, кўнгилларини олинг, хизматларини қилинг, кейин мен каби афсус қилмайсиз. Ота-онангизни ҳаёт эканликлари сиз учун – Бахт!

Нотаниш киши онаси ҳақидаги армонларини гапирар экан ичимдан бир нарса узилгандек бўлди...

Боягина онамга бориш бормаслигим эҳтимол деганим ёдимга тушиб, уялиб кетдим. Беихтиёр яна телефонимни қўлимга олиб, онамни телефон рақамларини тердим...

– Ҳа болам, нима бўлди, бирор гапинг эсингдан чиқиб қолибдими?! – дея, қайта қўнғироқ қилганимга ажабланиб сўрадилар онам.

– Ҳа онажон, эртага Худо хоҳласа албатта борарканмиз, шуни айтиб қўймоқчи эдим.

– Вой Худога шукр!

– Ҳа айтганча, яна ҳар сафаргидек болаларим келаркан деб, эрталабдан бир нарсаларга уннаб юрманг, ҳеч нарса керак эмас, бизга Сиз кераксиз!

Онам билан суҳбатлашарканман, бояги нотаниш кишининг кўзларида икки дона ёш томчилаганини кўрдим.

Ta’limga va kirish ballariga oid xabarlar Bu yerda
@mandatlar_2022_bot
@Oliygohlar_MandatlarBot

Qalblardan ezgulik izlagan qalblar uchun ...
••┄┄┄❅┄┄┄•••
A'zo bo‘ling
@Rumiy_AforizmlariUz /
Ma'nolarning tuganmas jilosi
10.0K views𝚁𝚒𝚌𝚑 𝙻𝚒𝚘𝚗, edited  12:18
Ochish/sharhlash
2023-05-21 11:30:14
Бу тест сизнинг характерингизни 92% аниқлик билан айтиб беради.

Расмда биринчи нимани кўрдингиз?

Жавобни танланг
9.6K viewsАбдухаким Хикматов, 08:30
Ochish/sharhlash
2023-05-21 07:51:20 So‘roqlarim ko‘p!

Be'ozor deyishar meni ko'rganlar,
So'zlarin eshitib, kulib deyman ho'p.
Anchadir so'zimdan jabr chekganlar,
Dillarni ranjitgan xatolarim ko'p.

Chaqirganda ho'p deb bormasdan,
Yoki bilib turib yoki bilmasdan.
Vada berib, vafo qilmasdan,
Kimnidir aldagan yolg'onlarim ko'p.

Kimlarga ishonib aldanib qoldim,
Taqdir sinovidan zo'r saboq oldim.
Indamay barini ollohga soldim,
Do'stim deb ishongan dushmanlarim ko'p.

Goh o'ylab chiqaman uxlamay tunlar,
Meni kutar ekan yana qay kunlar.
Hayotim davomi baxtmi yo dardlar,
Ko'rgan kunlarimdan ko'rmaganim ko'p.

Ikkala och ko'zim davlatga to'ymay,
Mol dunyo ortidan yugirdim tinmay.
Do'stlarni onamning qadrini bilmay,
Boshni toshga urgan afsuslarim ko'p.

Dilimda yangilanar har on, bir yara,
Vijdonim hech tinchlik bermaydi sira.
Bilmay qilgan aybimdan ko'ra,
Bilib qilgan gunohlarim ko'p.

Bu dunyo jumboqdir yechilmaydigan,
O'limchi mehmondir kutilmaydigan.
U dunyo bu dunyo ushalmaydigan,
Qalbimda yashirgan orzularim ko'p.

Eng yomon bandasi bo'lganim uchun,
Uzurlar so'rayman yig'layman be'un.
Bariga javobim berarman bir kun,
Allohim oldida so'roqlarim ko'p
.

Ta’limga va kirish ballariga oid xabarlar Bu yerda
@mandatlar_2022_bot
@Oliygohlar_MandatlarBot

Qalblardan ezgulik izlagan qalblar uchun ...
••┄┄┄❅┄┄┄•••
A'zo bo‘ling
@Rumiy_AforizmlariUz /
Ma'nolarning tuganmas jilosi
10.9K views𝚁𝚒𝚌𝚑 𝙻𝚒𝚘𝚗, edited  04:51
Ochish/sharhlash
2023-05-21 05:54:30
АССАЛОМУ АЛАЙКУМ
ВА РАҲМАТУЛЛОҲИ
ВА БАРАКАТУҲУ
Бугун
21май,
якшанба +31° +18°


Ёлғизлик атрофингда ҳеч ким қолмаслиги эмас, қалбингда
ҳеч кимнинг қолмаслигида.
Қалбимиздагилар омон
бўлсинлар!

Эзгу амаллар қилиш учун
имкон бериб, тонгда уйғотган Aллоҳга беҳисоб шукрлар бўлсин!

Якшанба дам олиш
кунингиз мароқли ўтсин!


Ta’limga va kirish ballariga oid xabarlar Bu yerda
@mandatlar_2022_bot
@Oliygohlar_MandatlarBot

Qalblardan ezgulik izlagan qalblar uchun ...
••┄┄┄❅┄┄┄•••
A'zo bo‘ling
@Rumiy_AforizmlariUz /
Ma'nolarning tuganmas jilosi
10.7K views𝚁𝚒𝚌𝚑 𝙻𝚒𝚘𝚗, edited  02:54
Ochish/sharhlash
2023-05-21 05:54:18
Oson yig'iluvchi SHKAF sizga ajoyib qulaylikni tuhfa etadi!

Siz liboslaringzni toza asrash uchun uni oson tahlashingiz va yopib qoyishingiz kifoya. Tiklash va o’rnatish uchun qulay qilib tayyorlangan. Siz Shkafni istalga joyga osongina o’rnatshingiz va foydalanishingiz mumkin.


Eng muhimi katta shkafdan ko’ra arzonroq va qulay!

Bo'yi 175 sm
Eni 130 sm


Narxi: 299 000 so'm

Oldindan to'lov yo'q, to'lovni mahsulotni qo'lingizga olganda qilasiz

BUYURTMA BERISH

BUYURTMA BERISH
BUYURTMA BERISH

Telegram orqali zakaz: @Rumiy_Admini

O'ZBEKISTON BO'YLAB YETKAZIB BERISH BEPUL
11.9K views𝚁𝚒𝚌𝚑 𝙻𝚒𝚘𝚗, 02:54
Ochish/sharhlash
2023-05-20 20:41:37 Kasallikdan shifo istab o‘qiladigan duo 

Biror kasallikka yo‘liqqan kishi, bu kasallikdan xalos bo‘lishi uchun hech vaqt o‘tkazmay, mutaxassis shifokorlarga murojaat qilishi, uning tavsiyalariga amal qilib, ayni paytda duodan ham foydalanmog‘i lozim. Bu duolarni bemorning o‘zi o‘qishi yoki birov unga o‘qishi mumkin.

Tahoratli holda avvalo Fotiha surasi, so‘ngra Qur’oni karimdan shifo oyatlari o‘qiladi.

Bismillahir rohmanir rohiym. Va yashfi suduro qovmin mu’miniyna va yuzhib g‘oyzo qulubihim.

«Alloh mo‘minlar qavmi siynalariga shifo beradi va dillaridagi alamni ketkazadi» (Tavba, 14-15).

Ya ayyuhan-nasu qod jaatkum mav’izotun min Robbikum va shifaun lima fis-suduri va hudan va rohmatan lil-mu’miniyn.

«Ey odamlar! Sizlarga Robbingizdan va’z (nasihat), dillardagi narsa (shirk illati)ga shifo va mo‘minlarga hidoyat va rahmat keldi» (Yunus, 57).

Va nunazzilu minal Qur’ani ma huva shifaun va rohmatun lil-muminiyn.

«(Biz) Qur’onda(n) mo‘‘minlar uchun shifo va rahmat bo‘lgan (oyat)larni nozil qilurmiz» (Al-Isro, 82).

Qul huva lil-laziyna amanu hudan va shifaun

«Ayting: «(Ushbu Qur’on) imon keltirgan zotlar uchun hidoyat va shifodir».

Bu oyatlar o‘qilgach, bunday duo etiladi: «Allohumma Robban-nasi azhibil-basa, ishfi Antash-shafiy la shifaa illa shifauka, shifaan la yug‘odiru saqoman».

«Allohim, ey insonlarning Rabbi, kasallikni mahv etuvchi! Ortda kasallikni qoldirmaydigan shifo ber. Shifo berguvchi faqat O‘zingsan. Sendan o‘zga shifo berguvchi yo‘qdir» (Abu Dovud. «Janoiz», 3107-hadis).

Allohumma ishfi ‘abdaka yankalaka ‘aduvvan av yamshi laka ila solatin.

«Allohim, shu bandangga shifo berginki, Sening bir dushmaningga ziyon yetkazsin yoxud Sening rizoligingga erishmoq uchun namoz o‘qishga yurib borsin».

Bismillahi arqika min kulli shayin yuzika min sharri kulli nafsin av ‘aynu hasidiyn. Allohumma yashfiyka, bismillahi arqika.

«Senga iztirob beruvchi hamma narsadan, har hasadgo‘y nafsdan yoxud ko‘zdan Allohning nomi ila senga shifo so‘rayman. Alloh nomi ila senga shifo so‘rayman» (Termiziy. «Janoiz», 972-hadis). 


Ta’limga va kirish ballariga oid xabarlar Bu yerda
@mandatlar_2022_bot
@Oliygohlar_MandatlarBot

Qalblardan ezgulik izlagan qalblar uchun ...
••┄┄┄❅┄┄┄•••
A'zo bo‘ling
@Rumiy_AforizmlariUz /
Ma'nolarning tuganmas jilosi
12.1K views𝚁𝚒𝚌𝚑 𝙻𝚒𝚘𝚗, edited  17:41
Ochish/sharhlash
2023-05-20 17:49:02
Баъзан биргина оят ҳотиржам бўлишга етади.
Баъзан биргина оят юзингни кулдиришга сабаб бўлади.

Баъзан биргина оят суянишга етади.
Баъзан тасодифан ўқиганинг биргина оят сенга Аллоҳ доимо сен билан эканлигини далолат қилади.

Ҳуддики бир парча булут,икки-уч томчи ёмғир,бир оғиз ширин сўз,табассум тўла бир нигоҳ,юзинга урган қуёшнинг заррин нури эртанги бахтли кунларга умид бағишлагандек.

Ta’limga va kirish ballariga oid xabarlar Bu yerda
@mandatlar_2022_bot
@Oliygohlar_MandatlarBot

Qalblardan ezgulik izlagan qalblar uchun ...
••┄┄┄❅┄┄┄•••
A'zo bo‘ling
@Rumiy_AforizmlariUz /
Ma'nolarning tuganmas jilosi
11.9K views𝚁𝚒𝚌𝚑 𝙻𝚒𝚘𝚗, 14:49
Ochish/sharhlash
2023-05-20 17:14:49
Kimdir haqida gapirar ekansiz:
Avval uning oyoq kiyimini oling...
U bosgan yo‘llardan yuring....
Uning ko‘z yoshlarini, uning azobini tatib ko‘ring....
Toshli joylardan yuring
U yiqilgan joylarda yiqiling. ....
U yiqilgan vaziyatda yiqiling...

Keyin uning orqasidan gapirishni o‘ylab ko‘ring....


Ta’limga va kirish ballariga oid xabarlar Bu yerda
@mandatlar_2022_bot
@Oliygohlar_MandatlarBot

Qalblardan ezgulik izlagan qalblar uchun ...
••┄┄┄❅┄┄┄•••
A'zo bo‘ling
@Rumiy_AforizmlariUz /
Ma'nolarning tuganmas jilosi
10.8K views𝚁𝚒𝚌𝚑 𝙻𝚒𝚘𝚗, 14:14
Ochish/sharhlash
2023-05-20 12:01:03 OTA-ONAM

Yonimga kelishgan edi tunov kun,
Qarasam, ikkisi ancha horibdi.
Mahzun ko‘zlaridan sezib qoldim men,
Otam ham, onam ham birdek qaribdi.

Dardlarim ko‘p edi serob, to‘kinli,
Dardlarki, yurakka qadar boribdi.
O‘rtadan bo‘lishib olgan, shekilli,
Otam ham, onam ham birdek qaribdi.

Ko‘zda yosh yiltillar nogoh kularkan,
Anordek yuzlarni ajin yoribdi.
Yolg‘iz farzand dardi og‘ir bo‘larkan -
Otam ham, onam ham birdek qaribdi.

Qarilik dardini berkitolmas zeb,
Atrofdan serjilo yoshlik aribdi.
Tavba, bir-biridan qolishmayin deb,
Otam ham, onam ham birdek qaribdi.

Yillarni yamlaydi bittagina g‘am,
Bitta dard sochlarga qorlar qoribdi.
Besh kunlik ekan-da dunyo rostan ham -
Otam ham, onam ham birdek qaribdi.

Yonimga kelishgan edi tunov kun,
Boqsam, bus-butunlay soch oqaribdi.
Nogoh bir qo‘rqinchdan cho‘chib ketdim men -
Otam ham, onam ham birdek qaribdi!

Ta’limga va kirish ballariga oid xabarlar Bu yerda
@mandatlar_2022_bot
@Oliygohlar_MandatlarBot

Qalblardan ezgulik izlagan qalblar uchun ...
••┄┄┄❅┄┄┄•••
A'zo bo‘ling
@Rumiy_AforizmlariUz /
Ma'nolarning tuganmas jilosi
13.1K views𝚁𝚒𝚌𝚑 𝙻𝚒𝚘𝚗, edited  09:01
Ochish/sharhlash
2023-05-20 07:58:12
Ey gʻamga botgan inson, gʻam tashvish abadiy emas! Bu dunyo mashaqqatlariga sabr qiling. Axir tun xar qancha uzun boʻlmasin, uning soʻnggida baribir tong otadi.
Yaxshi kunlar yaqin...
axir bejizga emas, oyning oʻn beshi qorongʻu boʻlsa, oʻn beshi yorugʻ deydilar. Xursandchiliklar oldinda...
Yorugʻ kunlar sari umid bilan olgʻa bosing...!



Ta’limga va kirish ballariga oid xabarlar Bu yerda
@mandatlar_2022_bot
@Oliygohlar_MandatlarBot

Qalblardan ezgulik izlagan qalblar uchun ...
••┄┄┄❅┄┄┄•••
A'zo bo‘ling
@Rumiy_AforizmlariUz /
Ma'nolarning tuganmas jilosi
11.4K views𝚁𝚒𝚌𝚑 𝙻𝚒𝚘𝚗, edited  04:58
Ochish/sharhlash