Get Mystery Box with random crypto!

Kasallikdan shifo istab o‘qiladigan duo  Biror kasallikka yo‘ | Jaloliddin Rumiy Aforizmlari📚

Kasallikdan shifo istab o‘qiladigan duo 

Biror kasallikka yo‘liqqan kishi, bu kasallikdan xalos bo‘lishi uchun hech vaqt o‘tkazmay, mutaxassis shifokorlarga murojaat qilishi, uning tavsiyalariga amal qilib, ayni paytda duodan ham foydalanmog‘i lozim. Bu duolarni bemorning o‘zi o‘qishi yoki birov unga o‘qishi mumkin.

Tahoratli holda avvalo Fotiha surasi, so‘ngra Qur’oni karimdan shifo oyatlari o‘qiladi.

Bismillahir rohmanir rohiym. Va yashfi suduro qovmin mu’miniyna va yuzhib g‘oyzo qulubihim.

«Alloh mo‘minlar qavmi siynalariga shifo beradi va dillaridagi alamni ketkazadi» (Tavba, 14-15).

Ya ayyuhan-nasu qod jaatkum mav’izotun min Robbikum va shifaun lima fis-suduri va hudan va rohmatan lil-mu’miniyn.

«Ey odamlar! Sizlarga Robbingizdan va’z (nasihat), dillardagi narsa (shirk illati)ga shifo va mo‘minlarga hidoyat va rahmat keldi» (Yunus, 57).

Va nunazzilu minal Qur’ani ma huva shifaun va rohmatun lil-muminiyn.

«(Biz) Qur’onda(n) mo‘‘minlar uchun shifo va rahmat bo‘lgan (oyat)larni nozil qilurmiz» (Al-Isro, 82).

Qul huva lil-laziyna amanu hudan va shifaun

«Ayting: «(Ushbu Qur’on) imon keltirgan zotlar uchun hidoyat va shifodir».

Bu oyatlar o‘qilgach, bunday duo etiladi: «Allohumma Robban-nasi azhibil-basa, ishfi Antash-shafiy la shifaa illa shifauka, shifaan la yug‘odiru saqoman».

«Allohim, ey insonlarning Rabbi, kasallikni mahv etuvchi! Ortda kasallikni qoldirmaydigan shifo ber. Shifo berguvchi faqat O‘zingsan. Sendan o‘zga shifo berguvchi yo‘qdir» (Abu Dovud. «Janoiz», 3107-hadis).

Allohumma ishfi ‘abdaka yankalaka ‘aduvvan av yamshi laka ila solatin.

«Allohim, shu bandangga shifo berginki, Sening bir dushmaningga ziyon yetkazsin yoxud Sening rizoligingga erishmoq uchun namoz o‘qishga yurib borsin».

Bismillahi arqika min kulli shayin yuzika min sharri kulli nafsin av ‘aynu hasidiyn. Allohumma yashfiyka, bismillahi arqika.

«Senga iztirob beruvchi hamma narsadan, har hasadgo‘y nafsdan yoxud ko‘zdan Allohning nomi ila senga shifo so‘rayman. Alloh nomi ila senga shifo so‘rayman» (Termiziy. «Janoiz», 972-hadis). 


Ta’limga va kirish ballariga oid xabarlar Bu yerda
@mandatlar_2022_bot
@Oliygohlar_MandatlarBot

Qalblardan ezgulik izlagan qalblar uchun ...
••┄┄┄❅┄┄┄•••
A'zo bo‘ling
@Rumiy_AforizmlariUz /
Ma'nolarning tuganmas jilosi