Get Mystery Box with random crypto!

Hayit bayramingiz bölsin muborak Dunyoda bayramlar to‘lib yot | Jaloliddin Rumiy Aforizmlari📚

Hayit bayramingiz bölsin muborak

Dunyoda bayramlar to‘lib yotibdi,
Ularning asli cho‘pchak yoki ertak,
Bugun hatto quyosh go‘zal otibdi,
Hayit bayramingiz bo‘lsin muborak.

Gullar bilann to‘lib toshganda sahro,
Cho‘lda gullagan eng go‘zal chechak.
Iymon lazzatidan olingiz bahra,
Hayit bayramingiz bölsin muborak.

Shafaqning qo‘yniga yashiringan oq,
Gözal tong otibdi deb berganda darak.
Buyuk e'tiqotning ramzi o‘laroq.
Hayit bayramingiz bo‘lsin muborak.

Dunyoda muhabbatdin o‘ziga jo aylagan,
Oyning yuzin yopar ehtimol etak.
Rasululloh sevib bayram atagan,
Hayit bayramingiz bo‘lsin muborak.

Kufru, shirk, ma'siyat, bo‘hton-u g‘iybat,
Islomsiz yo‘lakka sochganda pechak.
Mo‘min birodarlarim tilagim faqat,
Hayit bayramingiz bo‘lsin muborak.


Hammaga ulashing
••┄┄┄❅┄┄┄•••
A'zo bo‘ling
@Rumiy_AforizmlariUz /
Ma'nolarning tuganmas jilosi