Get Mystery Box with random crypto!

Taqdir 24 yoshlik yigit, poyezdning derazasidan tashqariga bo | Jaloliddin Rumiy Aforizmlari📚

Taqdir

24 yoshlik yigit, poyezdning derazasidan tashqariga boqib quvonganicha:
- Dada, dada! Qarang, qanday daraxtlar! dedi
Otasi tabassum qilib qo‘ydi.
Ro‘parasida o‘tirgan er xotin yigitga g‘alati qarab qo‘yishdi. Chunki yigit yoshiga mosmasdi.
- Dada, dada! Qarang bulutlarni, - dedi yana. Qarang, ular bizdan qolishmayapti, ular birga suzishyapti!
Ro‘parada o‘tirgan er xotin chidolmay:
- O‘g‘lingizni yaxshi doktorga ko‘rsatishingiz kerak dedi. U o‘zini juda g‘alati tutyapti.
Yigitning otasi tabassum qildi va:
- Biz doktorga uchrashdik, xozirgina qaytyapmiz o‘sha yerdan. Meni o‘g‘lim ko‘r tug‘ilgandi. Operatsiya qildirib, ko‘zini ochdik dedi. U endi ko‘rishni boshladi dedi.

Har bir insonni o‘z tarixi bor. Va hech kim muhokama qilishga haqli emasdir.


••┄┄┄❅┄┄┄•••
@Rumiy_AforizmlariUz /
Ma'nolarning tuganmas jilosi