Get Mystery Box with random crypto!

Mavlono Jaloliddin Rumiy hazratlaridan so‘rashdi: — Nimaga qo | Jaloliddin Rumiy Aforizmlari📚

Mavlono Jaloliddin Rumiy hazratlaridan so‘rashdi:

— Nimaga qo‘ylar doimiy iste’mol va qurbonlik maqsadida so‘yilishiga qaramay nasli qirilib ketmaydi? Aksincha ko‘paygani ko‘paygan. Vaholanki, qo‘ylar yiliga bir yoki ikki marta bittadan, ba’zan ikkitadan tug‘adi. Lekin itlar so‘yilmasa ham, birdan o‘nta bolalasa ham ko‘paymaydi. Qo‘ylar kabi suruv bo‘lib ketmaydi?

Mavlono javob berdilar:

— Tongga yaqin vaqt eng barakotli vaqtdir. Bu vaqtda qo‘ylar hech uxlamaydi. Doim uyg‘oq bo‘ladi. Itlar esa kechasi bilan sang‘ib, ayni shu vaqtda uxlab qolib, g‘aflatda bo‘ladi. Qo‘ylar tong barakotidan bahramand bo‘lishadi. Itlar esa bu barakotdan bebahra qolishadi. Shuning uchun qo‘ylar ko‘paygani ko‘paygan. Bas, rizqingiz keng bo‘lishini xohlasangiz, saharlari bedor bo‘ling.

Saharlikka turganlarga, Assalomu alaykum, tutayotgan ro‘zalaringiz qabul bo‘lsin
••┄┄┄❅┄┄┄•••
@Rumiy_AforizmlariUz /
Ma'nolarning tuganmas jilosi