Get Mystery Box with random crypto!

​​Hikoya Diniy ilmlardan xabardor bir ayol bo‘lgan ekan. U un | Jaloliddin Rumiy Aforizmlari📚

​​Hikoya

Diniy ilmlardan xabardor bir ayol bo‘lgan ekan. U universitetda ayollarga dars berar edi. Bir kuni u o‘zi ta’lim berayotgan ayollarga shunday dedi:

- Taqvodor ayol Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga ergashgan holda o‘z eriga ko‘pxotinlik sunnatini tiriltirishida yordam berishi va erining istagini rad qilmasligi kerak.

Keyin u ko‘pxotinlikning zarurati haqida sabablar keltira boshladi.
Dars tugaganidan so‘ng uning oldiga Fathiya ismli bir ayol keldi va:

- Alloh sizga yordam bersin. Oldin qanday qilib ushbu masala bo‘yicha yoningizga kelishni bilmay yurardim. Ammo, alhamdulillah, siz buni juda yaxshi tushunarkansiz. Men to‘rt yildan beri sizning eringiz bilan turmush qurib yashayapman va buni sizga qanday aytishni bilmayotgandim.

O‘qituvchi shok holatida hushsiz yerga yiqildi va uni kasalxonaga olib ketishdi. Fathiya ham ular bilan ketdi. Ayol hushiga kelganda, Fathiya:

- Allohga qasamki, men sizning eringizni tanimayman va hech qachon ko‘rmaganman. Bilasizmi, keling, keyingi safar ibodat, ro‘za, ota-onaga yaxshilik haqida gapiring, o‘zingiz ko‘tara olmaydigan narsalarni emas
.

@TajonuM_Official

••┄┄┄❅┄┄┄•••
@Rumiy_AforizmlariUz /
Ma'nolarning tuganmas jilosi