Get Mystery Box with random crypto!

​​---- Ayol.... Familyasini o‘zgartiradi, Uyini o‘zgartiradi, | Jaloliddin Rumiy Aforizmlari📚



​​---- Ayol....

Familyasini o‘zgartiradi,
Uyini o‘zgartiradi,
Oilasini o‘zgartiradi,
Siz bilan boshqa uyga ko‘chadi,
Siz bilan bir o‘choq quradi,
Siz uchun homila bo‘ladi,
Homiladorlik uning vujudini o‘zgartiradi,
Tanadagi shishlar, og‘riqlar,
Chidab bo‘lmas to‘lg‘oq azobi,
Ikki yo‘l orasida qolib, sog‘lom chaqaloq dunyoga keltiradi,
Hattoki, tug‘ilgan chaqaloq ham sizning naslingizni davom ettiradi,
O‘ladigan kuniga qadar..qiladigan barcha ishi, yemak pishirish, uyingizni tozalash, onangiz va otangizning xizmatida bo‘lish, farzandlaringizni katta qilish, tarbiya berish, sizning fe’lingizga moslashish, ko‘nglingizni olish, injiqliklaringizga ko‘nikish, huzuringizni ta’minlash, butun oila munosabatlarini bir maromda ushlab turish, sizga foydasi bo‘ladigan barcha narsani, hatto sog‘lig‘idan, go‘zalligidan, qiziqishlaridan kechib bo‘lsa ham, qiladi.
Shuncha narsalardan keyin ham u siz uchun go‘zal va betakror bo‘lib qolishi kerak, buni uddalashi kerak.
Bu orada, uning ham og‘rib qoladigan boshi, tomog‘i, tishi, buziladigan asabi, huzursiz bo‘ladigan ko‘ngli bor..
Sanab o‘tilmagan fazilatlari hali bisyor..
Allohning amrlarini joy-joyiga qo‘yib bajaradigan, ilm talabida bo‘ladigan ayol haqida hali yozmadim.

Hurmatli erkaklar, hayotingiz sherigi, umr yo‘ldoshingiz bo‘lgan ayolingizni qiymatini biling.
Ayol bo‘lish oson emas.
Ayol bo‘lish bebaho narsa..

••┄┄┄❅┄┄┄•••
@Rumiy_AforizmlariUz /
Ma'nolarning tuganmas jilosi