Get Mystery Box with random crypto!

​​#hadis #ramazon Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qi | Jaloliddin Rumiy Aforizmlari📚

​​#hadis #ramazon

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Kim Laylatul Qadrni iymon bilan, savob umidida qoim bo‘lib o‘tkazsa, o‘tgan gunohlari mag‘firat qilinadi», dedilar».


Buxoriy, Muslim, Abu Dovud, Termiziy va Nasoiy rivoyat qilishgan.

Hasan ibn Ali roziyallohu anhu Payg‘ambarimiz alayhissalomning shunday deganlarini rivoyat qiladi:
«Qadr kechasi oydin va yoqimli bo‘lib, na issiq, na sovuq bo‘ladi. U kechaning tongida quyosh nurlari ko‘zni qamashtiradigan darajada chiqadi».

Qadr kechasida Alloh taoloning amri bilan farishtalar har bir osmondan va Sidratul-muntahodan yerga tushishadi, tong otgunicha insonlarni duo qilishadi va duo qilganlarga qo‘shilib «omin» deb turishadi.
Qadr kechasi tong otgunga qadar turli ofat-balolardan omonlik, xotirjamlik kechasi, barakot kechasidir. Bu kechada shayton yomonlik qila olmaydi. Qadr kechasi boshdan-oxir faqat salomatlik, omonlik, yaxshilik va barakot bilan to‘la, unda aslo yomonlik yo‘qdir. Bu hol quyosh botganidan tong otgunga qadar davom etadi. Tong otgunicha farishtalar guruh-guruh bo‘lib, rahmat bilan yerga tushib turishadi.


Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning «Mo‘minning qalqoni» kitobidan.

••┄┄┄❅┄┄┄•••
@Rumiy_AforizmlariUz /
Ma'nolarning tuganmas jilosi