Get Mystery Box with random crypto!

#useful #mehnat #bilasizmi Tarif setkasi, tarif razryadi, | Ro'znoma | LITE

#useful #mehnat #bilasizmi

Tarif setkasi, tarif razryadi, tarif stavkasi, tarif koeffitsenti va malaka razryadi


#savol
Nima oʻzi boʻlar?

#eslab_qoling
Bu tushunchalar xodimlar mehnatiga haq toʻlashning tarifli tizimi amal qilinadigan vaziyatlarda qoʻllaniladi.

Tarif setkasi ishning murakkabligiga va xodimlarning malakasiga doir talablarga qarab tarif koeffitsiyentlari yordamida belgilangan ishlar (kasblar, lavozimlar) tarif razryadlarining majmuidir.

Tarif razryadi ishlarning murakkabligini va xodimning malaka darajasini aks ettiradigan qiymatdir.

Tarif stavkasi (maosh) kompensatsiyaga oid, ragʻbatlantiruvchi va ijtimoiy toʻlovlar hisobga olinmagan holda vaqt birligi uchun muayyan murakkablikdagi (malakadagi) mehnat normasi (mehnat majburiyatlari) bajarilganligi uchun xodimning mehnatiga haq toʻlashning qatʼiy belgilangan miqdoridir.

Tarif koeffitsiyenti keyingi razryadlar tarif stavkasining birinchi razryad tarif stavkasiga nisbatan karrali koʻpaytirilishini aks ettiradigan, xodimlar malaka darajasining razryadlar boʻyicha nisbatidir.

Malaka razryadi xodimning kasbiy tayyorgarligi darajasini aks ettiradigan qiymatdir.

(Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi 250-moddasi).

Savol yuborish
@YuristKadr_konsultatsiya

Kanalga aʼzo boʻling:
@Yurist_Baratov