Get Mystery Box with random crypto!

#mehnat #useful Korxona, tashkilot va muassasalar uchun Jamo | Ro'znoma | LITE

#mehnat #useful

Korxona, tashkilot va muassasalar uchun Jamoa shartnomasining namunaviy maketi (2023-yil) da xodimlar uchun juda ham muhim qo‘shimcha mehnat huquqlari va kafolatlari nazarda tutilmoqda.

#Masalan
Jamoa shartnomasining namunaviy maketi 4.15-bandiga ko’ra;

xodimlarga Oʼzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 205-moddasida nazarda tutilgan tanaffuslardan tashqari ish kuni (smena) davomida ish vaqtiga kiritiladigan tahorat olish uchun, namoz o’qish uchun qoʼshimcha tanaffuslar nazarda tutilgan

Shuningdek, Namunaviy maketning 4.28-bandiga ko’ra, Oʼzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 229-moddasida nazarda tutilgan xodimlar toifalariga qoʼshimcha ravishda xodimlar Haj yoki Umra safari munosabati bilan har yilgi mehnat taʼtilini boshqa muddatga koʼchirish huquqiga ega bo’lishi mumkin.

Bizni kuzatishda davom eting, boshqa yangiliklar haqida ham xabar berishda davom etamiz…

Namunaviy maketni Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining saytidan quyidagi havola orqali yuklab olishingiz mumkin
https://kasaba.uz/interaktiv-hizmatlar/zhamoa-shartnomalarining-maketlari/

Maket matni tavsiyaviy tusga ega. Lekin hurmatli ish beruvchilar mazkur tavsiyalarni inobatga olishadi degan umiddamiz...

Savol yuborish
@YuristKadr_konsultatsiya

Kanalga aʼzo boʻling:
@Yurist_Baratov