Get Mystery Box with random crypto!

#abituriyent_life #useful Imtihondan asossiz “yiqitilgan” 14 | Ro'znoma | LITE

#abituriyent_life #useful

Imtihondan asossiz “yiqitilgan” 145 abituriyent talabalikka qabul qilindi

2022/2023-o‘quv yilida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Farg‘ona filialida o‘tkazilgan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari o‘rganilib, 356 nafar (shundan, qo‘shilgan 322, kamaytirilgan 34) abituriyentlarning haqiqatda to‘plagan ballariga soxta yozuvlar kiritish orqali, yuqori ball to‘plagan abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilmay qolinganligi aniqlangan.

Jumladan, velosport yo‘nalishida abituriyent D.Bakirovning haqiqatda to‘plagan 105,2 balli soxtalashtirilib, DTMning elektron ma’lumotlar bazasiga pasaytirilgan 67,4 ball kiritilishi  oqibatida  talabalikka  tavsiya  etilmagan.

Viloyat prokuraturasining Davlat qabul komissiyasiga kiritgan xatiga asosan filialda o‘tkazilgan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari qayta ko‘rib chiqilgan.

Natijada Qabul komissiyaning shu yil 14-fevraldagi qarori bilan asossiz ravishda talabalikka qabul qilinmasdan qolgan 145 nafar (3 nafar davlat granti va 142 nafar to‘lov - kontrakt) abituriyentlar talabalikka tavsiya etilgan.

Filialning sobiq direktori R.Rasulov va qabul komissiyasi mas’ul kotibi M.Muxriddinovga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Savol yuborish
@YuristKadr_konsultatsiya

Kanalga aʼzo boʻling:
@Yurist_Baratov