Get Mystery Box with random crypto!

#fuqaro_murojaati #useful #bilasizmi HAYDOVCHILIK GUVOHNOMA | Ro'znoma | LITE

#fuqaro_murojaati #useful #bilasizmi

HAYDOVCHILIK GUVOHNOMAMNI MUDDATIDAN OLDIN OLSAM BOʻLADIMI

#savol
Salom. Men YPX xodimlariga 01 bilan tushdim sudim boʻldi. 25 minimalka va 1.6 oyga haydovchilik guvohnomani olib koʻyishdi. Pravamni muddatdan oldin olsam boʻladimi. 1 oʻgilman sharoitim ogʻirroq. Tirikchiligim shu prava bilan edi.

#javob
Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 343-moddasiga asosan muayyan muddatga transport vositasini boshqarish huquqidan yoki ov qilish huquqidan mahrum etilgan shaxs mehnatga halol munosabatda boʻlishi va namunali xulq-atvori bilan oʻzini koʻrsatgan taqdirda, unga nisbatan jazo qoʻllagan jinoyat ishlari boʻyicha sud bunday huquqdan mahrum qilish muddatini belgilangan muddatning kamida yarmi oʻtgach va sud tomonidan tayinlangan jarima toʻlangach, korxona, muassasa, tashkilot maʼmuriyatining iltimosi bilan qisqartirishi mumkin.

Mazkur asosga koʻra siz ishlayotgan tashkilot hulqingiz yaxshilangani haqidagi tavsifnomani ilova qilgan holda iltimosnoma bilan tumaningizdagi jinoyat sudiga murojaat qilishi lozim.

Savol yuborish
@YuristKadr_konsultatsiya

Kanalga aʼzo boʻling:
@Yurist_Baratov