Get Mystery Box with random crypto!

Jahon Savdo Tashkiloti o'zi nima? Jahon savdo tashkiloti (JST | Rozikov's thoughts

Jahon Savdo Tashkiloti o'zi nima?

Jahon savdo tashkiloti (JST) – mamlakatlararo savdo qoidalarini boshqarib turuvchi yagona xalqaro tashkilot hisoblanadi.Avvalo qayd etish lozimki, JST (WTO, ingl. World Trade Organization) asosiy maqsadlaridan biri o'zini-o'zi himoya qilishning oldini olish va protektsionizm qo'llanishini bekor qilishdan iborat. Mazkur tashkilot xalqaro tijorat uchun qulay huquqiy tizimni taqdim eta oladigan cheksiz imkoniyat eshigi.

JST ga a'zo bo'lishning qanday foydali tomonlari bor?

1.Unga a'zo bo'lishdan asosiy maqsad iqtisodiy manfaat. Davlatlar aro to'siqlarsiz mahsulot ayirboshlashga erishiladi,ya'ni hech qanday tariflarsiz va shu bilan birga,tovar ayirboshlanishi yuksak texnologiyalarning qo'llanishi va rivojiga hissa qo'shadi.

2.Xalqning turmush tarzi rivojlanishiga turtki bo'ladi, "poverty rate" ancha kamayadi va insonlarga sifatli mahsulot iste'mol qilish imkoniyatini yaratadi.

3. Import qilinayotgan mahsulotlar hisobiga milliy mahsulotlar tannarxi tushirilishiga xizmat qiladi.

4. Milliy ishlab chiqarish hajminj oshirib, byudjetga pul tushumlarini oshiradi.

5. Ishsizlik darajasi kamayadi.

@rozikov703thoughts