Get Mystery Box with random crypto!

ROBOCODE IT ACADEMY

Telegram kanalining logotibi robocode_andijan — ROBOCODE IT ACADEMY R
Telegram kanalining logotibi robocode_andijan — ROBOCODE IT ACADEMY
Kanal manzili: @robocode_andijan
Toifalar: Biznes , Texnologiyalar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 1.30K
Kanalning ta’rifi

🇺🇿 Yoshlar va kattalar uchun zamonaviy kasblar akademiyasi Andijonda
📞 Qo'ngiroq qiling: 99899 899-90-05
📩 Admin: @robocodeadmin
♻️ Group Chat: @robocodegroupchat
🔴 Instagram.com/robocode.uz
📮 https://robocode.uz

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 5

2021-01-14 11:37:32 ​​Muvaffaqiyat sari - natijalar ko'rsatkichi bilan

Robocode IT Academyda bilim olayotgan har bir o'quvchi aniq bir maqsad asosida, bilim olib, uni amaliyotga tadbiq etib, o'z mahoratlarini ko'rsatib kelmoqda.

Aniq maqsadlarga erishish yo'lida, qattiq mehnat qillish orqali albatta, o'quvchilar ko'plab muvaffaqiyatlarga erishadi. Hozir shunday muvaffaqiyatlarga erishayotgan o'quvchilarimizni tanishtiramiz:

Ibragimov Bahromiddin

Kuni kecha o'tkazilgan viloyat olimpiadasida informatika fanidan faxrli 1-o'rinni egalladi.
Eslatma uchun: olimpiada davomida savollarga python tilida bajargan.

Muhibbillayev Abdurahmon

Kuni kecha o'tkazilgan viloyat olimpiadasida, 9-sinflar kesimida, informatika fani bo'yicha faxrli 1-o'rin sohibi bo'ldi.
Eslatma uchun: bu o'quvchimiz ham, olimpiada davomida savollarga python tilida bajargan.

Robocode IT Academy jamoasi va markaz o'quvchilari nomidan ushbu o'quvchilarimizni samimiy muborakbod etamiz. Kelgusi ishlaringiz omad va zafarlar tilaymiz. Bu hali boshlanishi albatta, bundan-da katta yutuqlarga erishing.

Siz ham o'z muvaffaqiyatlaringiz sari aniq natijalarga erishishni istasangiz, siz uchun Robocode IT Academy o'zining kurslarini taklif etadi.

Online ro'yhatdan o'tish

Manzil: Andijon shahar, Buyuk Turon-22
Mo'ljal: Avto vokzal
Tel: +998 99 899 90 05

@robocode_andijan
744 views08:37
Ochish/sharhlash
2021-01-14 10:34:16
14-Yanvar Vatan himoyachilari kuni

14 yanvar O’zbekiston Respublikasining suvereniteti, xududiy yaxlitligi, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qiladigan kasb egalari – Vatan himoyachilari kuni va O’zbekiston Respublikasi qurolli Kuchlari tashkil topgan kun sifatida nishonlanadi.

Ona yurtimiz o’zining mard, jasur yigitlari bilan faxrlanib kelgan. Yigitlarimiz ota-ona va oilasini, o’zi yashayotgan yurt tuprog’ini muqaddas bilib, Vatan himoyasi uchun shay turishni burch deb hisoblagan. Ushbu bayramning nishonlanishi xalqimizning o’z milliy armiyasiga nisbatan cheksiz hurmatini, alp yigitlariga nisbatan iftixorini bildiradi.

Robocode IT Academy jamoasi nomidan barcha Vatan himoyachilarini ushbu bayram bilan tabriklaymiz hamda ularga oilaviy tinchlik-xotirjamlik, sog’liq-salomatlik tilab qolamiz.

Hayotingiz doimo sharaf va zafarlarga to’liq bo’lsin. Vatanimiz osmoni doimo musaffo bo’lishi uchun har doimgidek o’z kuch-g’ayratingizni ayamang. Bayramingiz muborak bo'lsin.

@robocode_andijan
646 views07:34
Ochish/sharhlash
2021-01-10 17:03:01 ​​XXI asrda sizda hali ham kompyuter muammomi?

Ma’lumki, aloqa-axborotlashtirish muammolarini o‘rganish, axborotni uzatish, unga ishlov berish va muhofaza qilish texnologiyalarini ishlab chiqarish, intellektual tizimlarni yaratish fan va texnologiyalarni rivojlantirishning dolzarb yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Zamonamiz zayli bilan hozirda axborot tehnologiyalariga talab oshib bormoqda. Ularning turlari kundan-kunga rivojlanib, o’sish darajasi yuqori.

Qayerga qaramang, qayerga bormang, sizdan: “kompyuterni tushunasizmi?”, “kompyuterni bilasizmi?” deya savol berishi tabiiy holga aylandi. Afsuski, juda ko’p hollarda kompyuterni tushunishimiz qiyin va qayerdan yoki kimdan o’rganishga ikkilanamiz.

Robocode IT Academy jamoasi
sizni bunday muammoli vaziyatdan “qutqaradi.” Qanday deysizmi?

Sizlar uchun "Computer foundation" kurslarini tashkil etdik va ushbu kurslarda:

Axborot texnologiyalari bilan ishlash
Kompyuterning asosiy va qo'shimcha qurilmalari, klaviyatura va sichqoncha bilan ishlash
Windows bilan tanishuv
Word
Excel
Power point dasturlari bilan ishlash
kabi bilimlarni atiga 2 oy ichida o’rganasiz.

Estalib o’tamiz, kursimizga ayni paytda 20% chegirma e’lon qilingan.

Kurslarga ro’yhatdan o’tish uchun shoshiling.

Online
ro'yhatdan o'tish

Manzil: Andijon shahar, Buyuk Turon-22
Mo'ljal: Avto vokzal
Tel: +998 99 899 90 05

@robocode_andijan - Kompyuterni oson va sifatli o'rganing
754 viewsedited  14:03
Ochish/sharhlash
2021-01-09 13:54:17
Tayyorgarlik avjida

Xabaringiz bor, 2021-yil 20-yanvar kuni Andijon mashinasozlik institutida “Rector cup-2021” robotlar bellashuvi boʻlib oʻtadi.

Unda Respublikaning barcha OTMlar talabalari oʻz roboti bilan ishtirok etishi mumkin.

Musobaqa 4 xil yoʻnalishda oʻtkaziladi:

Robot futbol
Robot sumo
Chiziqda harakatlanadigan robot
Foydali model

Robocode IT Academy o’quvchilari
ham ushbu musobaqa uchun tayyorgarlikni boshlab yuborishgan.

Ularga faqatgina omad tilaymiz. Musobaqada g’olib bo’lishi uchun xarakatdan to’xtamasin albatta

Bunday turdagi kurslarimizga ro'yhatdan o'tish

@robocode_andijan - Bilimlar musobaqalarda sinaladi.
701 viewsedited  10:54
Ochish/sharhlash
2021-01-07 18:33:37
"Raqam olma, bilim ol" – 650 million so'mga Robocode IT Academy'da qancha vaqt ta'lim olish mumkin?

Har kun nari-beridan "palonchi buncha pulga mashina olibdi, pistonchi esa buncha pulga shaharda yangi uy solibdi", degan gaplarni eshitib qolamiz

Keling, bugun kuni kecha sotib olingan 650 million so'mlik mashina raqami o'rniga Robocode IT Academy'da qancha ta'lim olishingiz mumkinligini hisoblab ko'ramiz:

Lego Mindstorms – siz bu mablag'ga 290 yil davomida uzluksiz muhandislik sir-asrorlarini o'rganishingiz mumkin.

Bolalar uchun dasturlash – bittagina raqamning pulini bu kursga 261 yillik ta'lim uchun sarflasa ham bo'ladi.

Web dasturlash – bu kursni 174 yil muntazam o'rgansangiz anavi raqam bilan teng chiqar ekan

Ha aytgancha, tepadagi yillar umumiy yig'indi, xolos.

Bizda muhandis, web dasturchi bo'lishingiz uchun 3 oydan 6 oygacha vaqt yetarli bo'ladi. Bir o'ylab ko'ring

Kurslarga online ro'yhatdan o'tish

Adminstrator bilan bog'lanish

Tel: +998 99 899-90-05

@robocode_andijan
705 viewsedited  15:33
Ochish/sharhlash